Oq uy Moskva viloyatidagi teraktni «dahshatli hujum» deb atadi

Jahon 00:40 / 23.03.2024 6312

AQSh prezidenti Jo Bayden ma’muriyati Moskva viloyatidagi «Krokus Siti Holl» konsert zalida sodir etilgan terakt oqibatida halok bo‘lganlar va jarohatlanganlarga hamdardlik bildirdi.

Bu haqda AQSh Milliy xavfsizlik kengashining strategik aloqalar bo‘yicha koordinatori Jon Kirbi jurnalistlar bilan o‘tkazilgan brifingda ma’lum qildi.

«Biz hammamiz Moskvadan xabarlar va videolavhalarni ko‘ryapmiz. Biz ko‘proq ma’lumot olishga harakat qilamiz. Kadrlar shunchaki dahshatli, uni ko‘rish juda qiyin. Bu og‘ir kun bo‘ldi, halok bo‘lganlar va jarohatlanganlarning oilalari bilan birgamiz», dedi Oq uy vakili va voqeani «dahshatli hujum» deb atadi.

Kirbi, shuningdek, AQSh Moskvadagi terakt haqida oldindan ma’lumotga ega bo‘lmaganini ma’lum qildi.

«Krokus Siti Holl»dagi hujum ortida Ukraina turgan bo‘lishi mumkinmi, degan savolga javob berar ekan, Oq uy vakili hozir Ukraina yoki ukrainaliklarning terakt bilan bog‘liqligi haqida hech qanday dalil yo‘qligini aytdi.

Ko‘proq yangiliklar: