Moskvadagi terakt: uch nafar tojikistonlik gumondorning aloqasi yo‘qligi aniqlandi

Jahon 15:42 / 23.03.2024 30892

Tojikistonlik 29 yoshli Rustam Nazarov kun bo‘yicha Samara shahrida qarindoshlari qurshovida bo‘lgan.

Yigit o‘z suratini internetda ko‘rgach, ertalab mahalliy kuchishlatar tizimlarga borib, xato haqida ma’lum qilgan. Terakt chog‘ida Samarada taksichi bo‘lib ishlovchi Rustam uyda ota-onasi bilan kechki ovqat tanovul qilayotgan bo‘lgan.

Tojikiston IIV esa Moskvadagi teraktda gumon qilinayotlarning ikki nafari ayni damda Tojikistonda bo‘lib turganini xabar berdi. Gap Rivojiddin Ismonov va Mahmadrasul Nasridinov haqida bormoqda.

Ular 2023 yilning 26 noyabrida Rossiyadan qaytib kelib, shu kungacha mamlakatni tark emasdan, Tojikistondagi o‘z turar joylarida yashab kelishgan.

Ko‘proq yangiliklar: