FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabariga ko‘ra, 22 mart kuni Toshkent vaqti bilan soat 08:47 da Tojikistonda zilzila sodir bo‘ldi.
Zilzila koordinatalari: 39,28 gradus shimoliy kenglik; 71,84 gradus sharqiy uzunlik.
Magnituda M=5,4. Chuqurlik 15 km. Zilzila episentri Toshkentdan 313 km janubi-sharqda.
O‘zbekiston hududida sezilish kuchi:
- Farg‘ona viloyatida 3 ball, 122 km;
- Andijon viloyatida 2-3 ball, 172 km;
- Namangan viloyatida 2-3 ball, 192 km;
- Sirdaryo viloyatida 2 ball, 294 km;
- Toshkent shahrida 2 ball, 313 km.