Kiyev aholisi Rossiya raketalaridan bekinmoqda - va harbiylar uchun qon topshirmoqda. Urush suratlari

Jahon 16:27 / 22.03.2024 15080

Ukrainada urushning 757-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Krasnoyarsk o‘lkasida bir qancha koloniyalarni yopish rejalashtirilmoqda. Mahbuslarning aksar qismi urushga ketgani tufayli qamoqxonalar bo‘shab qolgan.
  • Rossiyada aviatsiya bombalarini ommaviy ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi, deb hisob berdi Sergey Shoyguga mudofaa zavodlari direktori.
  • Mikolayiv o‘qqa tutilishi oqibatida bir kishi halok bo‘lib, olti kishi yaralangan.
  • RF mudofaa vazirligi Belgorod oblasti ustida Vampire baravar o‘t ochish reaktiv tizimining 10 ta snaryadi urib tushirilgani haqida ma’lum qildi. Belgorod o‘qqa tutilishi vaqtida besh kishi jarohatlangan.
  • Chegaradagi Grayvoron shahri ma’muriyati mahalliy aholini Belgorod oblastini tark etishga chaqirdi.

Kiyev o‘qqa tutilishi

Rossiya qo‘shini 21 martga o‘tar kechasi Kiyev bo‘ylab raketa zarbalari yo‘lladi. Bu Ukraina poytaxti so‘nggi 44 kun ichida ilk bor o‘qqa tutilishi bo‘ldi. Shahar meri Vitaliy Klichko Shevchenkovo va Svyatoshinskiy rayonlarida 10 kishi jarohatlanganini ma’lum qilgan. Ularning ikki nafari shifoxonaga yotqizilgan. RF qo‘shini bosqinning ilk kunlaridan buyon Kiyevni o‘qqa tutib keladi.

Kiyev aholisi raketa zarbasi vaqtida metro stansiyalaridan biriga tushib yashirindi
Alina Smutko / Reuters / Scanpix / LETA
Kiyev o‘qqa tutilishi vaqtida ro‘y bergan portlashlardan biri
Gleb Garanich / Reuters / Scanpix / LETA
Kiyev meri Vitaliy Klichkoning ma’lumotiga ko‘ra, Rossiya raketalari Svyatoshinskiy va Shevchenkovo rayonlaridagi turar joy binolarini shikastlagan. Podolsk rayonida raketa parchalari ishlab chiqarish korxonalari ustiga tushgan.
Vadim Ghirda / AP / Scanpix / LETA
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy xabar berishicha, 21 mart tongida Kiyev shahri va Kiyev oblasti uzra 30 ga yaqin raketa urib tushirilgan
Vadim Ghirda / AP / Scanpix / LETA
Rossiyada Kiyev himoyasida turgan Patriot tizimini aylanib o‘ta oladigan raketalar yo‘q, degan Volodimir Zelenskiy va yana bir bor Ukrainaning barcha shaharlari uchun zamonaviy havo hujumidan mudofaa tizimlari kerakligini qayd etgan.
Anatolii Stepanov / AFP / Scanpix / LETA

Kiyevdagi katolik ibodatxonasida askarlar uchun donorlik qoni yig‘ilmoqda

Ukrainada mamlakatni himoya qilayotgan harbiy xizmatchilar uchun muntazam ravishda qon yig‘ish aksiyalari o‘tkaziladi. Donorlik davlat miqyosida qo‘llab-quvvatlanadi, Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Rossiya bosqini boshidayoq harbiylar uchun qon berishga chaqirgandi. Nodavlat tuzilmalar, jumladan diniy tashkilotlar ham harbiylar uchun qon yig‘ish ishlari bilan shug‘ullanadi. Masalan, Kiyevdagi Avliyo Mikolayiv cherkovida shunday tadbir amalga oshirildi.

Vadim Ghirda / AP / Scanpix / LETA

Donetsk oblastidagi ukrain merganlarining tungi mashg‘uloti

Wolfgang Schwan / Anadolu Agency / ddp / Vida Press
Wolfgang Schwan / Anadolu Agency / ddp / Vida Press
Wolfgang Schwan / Anadolu Agency / ddp / Vida Press
Wolfgang Schwan / Anadolu Agency / ddp / Vida Press
Ko‘proq yangiliklar: