Farg‘onada Xitoy sanoat parki tashkil etiladi

O‘zbekiston 08:01 / 22.03.2024 2457

Uchrashuvda xitoylik ishbilarmonlar tomonidan sanoat, mashinasozlik, qishloq xo‘jaligi va turizm sohasi bo‘yicha Farg‘onada kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan yangi loyihalar bo‘yicha fikr almashildi.

Deng Bo, bu galgi tashrif davomida Farg‘onada yirik Xitoy sanoat parki tashkil etish, uning tarkibida avtomobilsozlik, Xitoy sanoat kompaniyalarining, shu jumladan, avtomobilsozlik korxonalarining ishlab chiqarishlarini yo‘lga qo‘yish, qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida viloyatda yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini Xitoyga eksport qilish, farg‘onalik tadbirkorlarga Xitoyda o‘z bozorini topishga ko‘maklashish, turizm sohasi bo‘yicha o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish masalalarini ko‘rib chiqish maqsad qilinganini qayd etgan.

Uchrashuvda muhokama qilingan hamda hamkorlik qilish bo‘yicha kelishib olingan barcha masalalar yuzasidan ikki hudud qo‘shma “Yo‘l xaritasi”ni tayyorlash hamda uning asosida hamkorlikni kengaytirib borishga kelishib olindi.

Uchrashuvda Farg‘onada Chendu savdo uyi ochilgani ham ma’lum qilinib, Deng Boga uning ro‘yxatdan o‘tkazilgani haqidagi guvohnoma topshirildi. Bu orqali yangi bozorlarga kirib borish bo‘yicha hamkorlikda ish tashkil qilinadi. Chendu shahrida Farg‘onaning qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yarmarkasini tashkil qilish uchun joy ajratilgani ham ta’kidlandi.

Ko‘proq yangiliklar: