Viloyat hokimi boshchiligidagi delegatsiyaning joriy yil yanvar oyida Xitoyga amaliy tashrifi davomida o‘tkazilgan muzokaralarda erishilgan kelishuvlar doirasida ushbu kompaniyalar viloyat hududida qator investitsion loyihalarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda.
Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayonida faoliyat olib boruvchi yirik Rongjiang sarmoya guruhi Farg‘ona shahridagi Ekoshahar hududida ko‘p qavatli turar joylar majmuasi barpo etish loyihasiga investitsiya yo‘naltirmoqda, shuningdek Farg‘ona va Xitoy o‘rtasida o‘zaro savdo ko‘lamini kengaytirish maqsadida Farg‘onada Xitoy Transport-logistika markazini tashkil etish loyihasi ustida ish olib bormoqda. Rongjiang guruhining viloyatdagi loyihalari rahbari etib tayinlangan Tszyao Minsyan, turar joy majmuasi qurilishiga may oyida start berilishini bildirdi.
Xitoyda 26 ta aeroportni qurib foydalanishga topshirgan hamda boshqaruvini amalga oshirayotgan Tianjin Qiyuan Airport Construction kompaniyasi vakillari bilan Farg‘ona xalqaro aeroportini davlat-xususiy sheriklik asosida modernizatsiya qilish va boshqarish masalasi muhokama qilindi.
Asia Fuji Changlin Elevator kompaniyasi rahbari Yan Van Shun, yuqori tejamkor texnologiyalarga asoslangan issiqlik energiya stansiyasi barpo etish loyihasi bo‘yicha o‘z konsepsiyalarini viloyat hokimiga taqdim etdi.
Farg‘ona shahri hududida ko‘p qavatli zamonaviy turar joy majmuasi barpo etish loyihasi ustida ish olib borayotgan Jiansu kompaniyasi vakillari Van Li Fey hamda Chen Shin Jong loyihani amalga oshirish jarayonlari haqida ma’lumot berdi.