Qamchiqda kuchli qor yog‘ishi kutilmoqda
21 mart kuni Qamchiq dovonida qor yog‘ishi, vaqti vaqti bilan kuchli yog‘ingarchilik va tuman kuzatilishi, ko‘rinuvchanlik 50 metrgacha pasayishi, shamol tezligi kuchayishi natijasida avtoyo‘lda yaxmalak va qor uyumlari yuzaga kelishi mumkin.

Foto: Kun.uz
2024 yil 21 mart kuni A-373 «Toshkent – O‘sh» avtoyo‘lining Qamchiq dovonidan o‘tgan qismida qor yog‘ishi mumkin.
«O‘zgidromet» xabariga ko‘ra, shu kuni dovonda vaqti vaqti bilan kuchli yog‘ingarchilik va tuman kuzatilishi, ko‘rinuvchanlik 50 metrgacha pasayishi, shamol tezligi 18-23 m/s gacha kuchayishi natijasida avtoyo‘lda yaxmalak va qor uyumlari yuzaga kelishi mumkin.
2024 yil 21-27 mart kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda havo haroratining o‘zgarishlari sababli respublikaning tog‘li hududlarida, jumladan:
- Qashqadaryo viloyati: Dehqonobod, Kitob, Qamashi, Shahrisabz tumanlarida;
- Surxondaryo viloyati: Boysun, Qumqo‘rg‘on, Sariosiyo, Uzun tumanlarida;
- Samarqand viloyati: Nurobod, Qo‘shrabot, Samarqand, Urgut tumanlarida;
- Jizzax viloyati: Baxmal, Zomin tumanlarida;
- Toshkent viloyati: Bo‘stonliq, Parkent, Ohangaron, tumanlari (Chotqol tizmasi tog‘lari);
- Namangan viloyati: Pop tumanida qor ko‘chish xavfi e’lon qilinadi.
Mavzuga oid

08:01 / 08.03.2025
Qamchiq dovoni avtomobillar harakati uchun qayta ochildi

16:42 / 26.02.2025
Toshkent shahri hokimligi daraxtlar qulashi xavfi tufayli aholini ogohlikka chaqirdi

11:47 / 26.02.2025
Qish so‘ngida Toshkentni qalin qor qopladi - foto

12:13 / 13.11.2024