Uchrashuvda o‘zaro munosabatlarda to‘plangan ijobiy tajribaga asoslanib, Rossiya universitetlari bilan hamkorlikni yanada kengaytirish masalasi muhokama qilindi.
Xususan, O‘zbekiston–Rossiya ta’lim forumi haqida gapirilarkan, bunday anjumanlar sohadagi hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qilish uchun muhim maydon bo‘lib xizmat qilayotgani qayd etildi.
Shuningdek, tomonlar yuqori texnologik sohalarda ikki tomonlama ilmiy-texnik hamkorlikka urg‘u berdi, jumladan Rossiyaning eng yirik ilmiy markazlaridan biri - «Kurchatov instituti» milliy ilmiy markazi bilan loyihalarni kengaytirish istiqbollarini muhokama qildi.
Qo‘shma ilmiy loyihalar tanlovini tashkil qilish hamda bu maqsadda yangi hamkorlik hujjatini imzolash yuzasidan fikr almashildi.