Ar-Riyodda O‘zbekiston - Saudiya Arabistoni siyosiy maslahatlashuvlari bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston 16:20 / 21.03.2024 2890

TIV ma’lumotiga ko‘ra, delegatsiyalarga O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahrom A’loyev va Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Valid al-Xarijiy rahbarlik qildi.

Muzokaralar chog‘ida oliy darajada erishilgan kelishuvlarning amalga oshirilishi ko‘rib chiqildi. Siyosiy muloqotni faollashtirish, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Parlamentlararo aloqalarni mustahkamlash va o‘zaro munosabatlarning shartnomaviy-huquqiy asoslarini kengaytirishdan o‘zaro manfaatdorlik bildirildi.

Tomonlar davlatlararo munosabatlar rivojidagi ijobiy sur’atni qayd etib, ikki mamlakat o‘rtasidagi har tomonlama sheriklikni yanada chuqurlashtirish uchun barcha imkoniyatlarni safarbar qilishga tayyor ekanliklarini tasdiqladi.

Ikki tomonlama va mintaqalararo xarakterdagi, jumladan, "Markaziy Osiyo – Ko‘rfaz hamkorlik kengashi" shaklida bo‘lib o‘tadigan qo‘shma tadbirlar jadvali va tashkiliy jihatlariga alohida e’tibor qaratildi.

Ko‘proq yangiliklar: