Toshkent shahri. Havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +8...+10 daraja, kunduzi +12...+14 daraja bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +0...+5 daraja, kunduzi +10...+15 daraja bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, kechasi va ertalab biroz yomg‘ir yog‘adi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +5...+10 daraja, kunduzi +12...+17 daraja bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +5...+10 daraja, kunduzi +12...+17 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo, Surxondaryo viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +8...+13 daraja, kunduzi +17...+22 daraja bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +5...+10 daraja, kunduzi +10...+15 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik bo‘ladi. Qor ko‘chishi xavfi bor. Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +0...+5 daraja, kunduzi +3...+8 daraja bo‘ladi.