Qo‘qon aeroporti 1 apreldan o‘z faoliyatini tiklaydi 

O‘zbekiston 12:09 / 20.03.2024 14023

Bugun, 20 mart kuni ertalab aeroport birinchi texnik parvozni qabul qildi – Uzbekistan Airways aviakompaniyasining A320 NEO samolyoti ekipaji Qo‘qon aeroportiga qo‘ndi.

Viloyat aeroportida uchish-qo‘nish yo‘lagi 2000 metrgacha uzaytirildi hamda A320 va ATR72-600 rusumli samolyotlar uchun ikkita to‘xtash joyiga ega perron rekonstruksiya qilindi. 

Shuningdek, aeroportda 100 kishiga mo‘ljallangan 900 kv m maydonli yangi yo‘lovchi terminali qurildi.

Uzbekistan Airways uchuvchilari tomonidan Toshkent –   Qo‘qon yo‘nalishi bo‘yicha amalga oshirilgan texnik parvoz aerodromning samolyotlarni qabul qilish va jo‘natishga hamda terminalning yo‘lovchilarni qabul qilish va ularga xizmat ko‘rsatishga to‘liq tayyorligini ko‘rsatdi.

Muntazam parvozlarni 2024 yil 1 apreldan boshlash rejalashtirilgan.

Ko‘proq yangiliklar: