Qaysi hududlar qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda yetakchi ekani aytildi

Iqtisodiyot 10:51 / 20.03.2024 14746

2023 yilda qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaliklari mahsulot (xizmat)larining umumiy hajmi 426,3 trln so‘mni tashkil etgan.

Statistika agentligi 2023 yilda qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaliklari bo‘yicha mahsulotlar yetishtirishda qaysi hududlar yetakchilik qilgani to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Unga ko‘ra, Farg‘onada eng ko‘p donli ekinlar (926,7 ming tonna mahsulot), Andijonda eng ko‘p sabzavotlar (1 772,6 ming tonna), Samarqandda eng ko‘p kartoshka (726,3 ming tonna), Surxondaryoda eng ko‘p poliz ekinlari (337,3 ming tonna), Andijonda eng ko‘p meva va rezavorlar (696,8 ming tonna), Samarqandda eng ko‘p uzum yetishtirilgan (639,2 ming tonna).

Bundan tashqari, Samarqand viloyatida eng ko‘p go‘sht (tirik vaznda) yetishtirilgan (326,2 ming tonna). Samarqandda eng ko‘p – 1 403,5 ming tonna sut olingan. Toshkent viloyatida eng ko‘p – 1 509,7 million dona tuxum olingan.

Xorazmda eng ko‘p – 30,9 ming tonna baliq ovlangan. Samarqandda 1 734,1 ming bosh yirik shoxli qoramol bor. Qashqadaryoda 5 027,4 ming bosh qo‘y va echkilar bor.

Ko‘proq yangiliklar: