Olim Hojisharipov vafot etdi
U «Gap yo‘q» hajviy ko‘rsatuvi boshlovchisi sifatida tanilgandi.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Boshlovchi va aktyor Olim Hojisharipov 58 yoshda vafot etdi. Bu haqda telejurnalist va aktyor Husniddin Ergashev feysbukdagi sahifasida xabar qilgan.
«Beshavqat o‘lim qadrdon akamizni oramizdan olib ketdi. Uzoq yillar davomida sermahsul ishladik. Takrorlanmas rollaringiz va samimiyligingiz xotiramizda saqlanib qoladi», deyiladi nekrologda.
Aktyor va boshlovchi Anvar Salimov ham feysbuk sahifasida davomli postlar orqali marhum do‘stini xotirlagan.
Ma’lum bo‘lishicha, Olim Hojisharipov bir necha yillardan beri saraton bilan kurashib kelgan.
Olim Hojisharipov 2000-yillarda telekanallar orqali namoyish etilib, tomoshabinlar mehrini qozongan «Gap yo‘q. Maslahat» ko‘rsatuvida boshlovchi edi. Undan tashqari, qator filmlarda rollar ijro etgan.
Tavsiya etamiz
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQShda qullikni bekor qilish haqidagi hujjat 13,7 mln dollarga sotildi
Jahon | 17:41
-
Rossiya «Tolibon»ni tan oldi, Tramp Putindan xafa – hafta dayjesti
Jahon | 17:13
-
Janubiy Koreya prokuraturasi sobiq prezidentni yana hibsga olishni so‘ramoqda
Jahon | 17:11
-
Yaman husiychilari Isroil poytaxti aeroportiga raketa zarbasini berdi
Jahon | 16:07