O‘zbekiston bo‘yicha 20-24 mart kunlariga ob-havo prognozi e’lon qilindi.
“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, respublika bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, 20-21 mart kunlari ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, ayrim joylarda momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Bugun, 20 martda respublikaning ko‘pchilik hududlarida juda iliq ob-havo saqlanib turadi. Havo harorati +19...+24 daraja atrofida, janubda +27...+29 darajagacha bo‘ladi.
21-22 mart kunlari harorat asta-sekin pasayadi, 22 mart kuniga borib +10...+15 darajagacha bo‘ladi.
20-21 martda ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ayrim joylarda ba’zida 25-28 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
23-24 mart kunlari O‘zbekistonning barcha hududida yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Harorat kechalari salqinroq - +5...+8 daraja atrofida bo‘ladi, kunduz kunlari esa yana ko‘tarila boshlaydi va +17...+20 darajani, ba’zi joylarda +22 darajani tashkil etadi.
Respublika tog‘oldi va tog‘li hududlarida 20-22 mart kunlari sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Tog‘larda qor ko‘chishi xavfi saqlanib turadi.
Poytaxtda 20 martda kechga tomon va 21-22 mart kunlari vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 21 martda shamol tezligi 15-17 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Harorat bugun kunduzi +21...+23 daraja, 21 martda +15...+17 daraja, 22 martda +12...+14 daraja bo‘ladi. Harorat kechalari asosan +9...+12 daraja bo‘ladi.
23-24 mart kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechalari +6...+8 daraja, kunduz kunlari +17...+20 daraja bo‘ladi.