Uy va mashinalar uchun fuqarolarning 921 mln so‘m pulini qo‘lga kiritgan MChJ rahbarlari aniqlandi 

O‘zbekiston 07:51 / 19.03.2024 5298

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Ko‘kdala tuman bo‘limi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.

Unda, “K.I.” MChJ rahbari J.X. “Oltin dala” MFY hududida qurilayotgan ko‘p qavatli uy xonadonlarini sotishda 4 nafar fuqarodan dastlabki to‘lov sifatida to‘langan mablag‘lar evaziga ularga xonadonlarini rasmiylashtirib bermasdan jami 457,2 mln so‘mini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgani aniqlangan.

Shu kabi, departamentning Kitob tuman bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.

Unda, “K.S.” MChJ rahbari M.A. fuqarolarga o‘zi rahbarlik qilayotgan MChJ tomonidan shartnoma asosida mijozlarga oson va qisqa muddatlarda avtomashinalarni yetkazib berayotganligini aytib, 3 nafar fuqaroga 2 oy muddatda Tracker, Cobalt va Damas rusumli avtotransport vositalarini olib berishi evaziga ularning jami 464 mln so‘mini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgani aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: