Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Sergeli tuman bo‘limi tomonidan GTF xodimlari bilan hamkorlikda tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.
Unda, fuqaro J.K. va boshqalar “Bobur” MFY hududidagi uyda tijorat maqsadida tashkil etilgan issiqxonada temir truba va rezina shlanglar yordamida umumiy foydalanishdagi tabiiy gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib jami 320,4 ming metr kub tabiiy gazni o‘g‘irlab, davlat va jamiyat manfaatlariga 480,7 mln so‘m zarar yetkazgani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.