Toshkentda Navro‘z sayillari tashkil etiladigan hududlar ma’lum qilindi

Jamiyat 08:33 / 19.03.2024 22943

Poytaxtda bayram kunlari asosiy tantanalar «Yangi O‘zbekiston» va «Navro‘z» madaniyat va istirohat bog‘larida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Shu bilan birga, tumanlarda ham Navro‘z sayillari bo‘lib o‘tadi. Bular:

  • Bektemir tumani: Coca-Cola Garden bog‘i 19 mart kuni;
  • Uchtepa tumani: «Seul eko bog‘i» 19 mart kuni;
  • Shayxontohur tumani: Tashkent City bog‘i 19-23 mart kunlari;
  • Yunusobod tumani: «O‘zekspomarkaz» hududida 20 mart kuni;
  • Mirobod tumani: «Furqat» madaniyat va istirohat bog‘i 21-24 mart kunlari;
  • Mirzo Ulug‘bek tumani «Markaziy istirohat bog‘i» 21-24 mart kunlari;
  • Sergeli tumani: «Markaziy xiyobon» (mo‘ljal: Sergeli hokimligi) 21 mart kuni;
  • Olmazor tumani: Yoshlik shaharchasi, Beruniy maydoni 19 mart kuni;
  • Yakkasaroy tumani: Seoul Mun hamda Next ko‘ngilochar maskanlari 21-24 mart kunlari;
  • Yangihayot tumani: Tashkent Index savdo majmuasi 20 mart kuni;
  • Yashnobod tumani: «Ashxobod sayilgohi» 21-24 mart kunlari;
  • Chilonzor tumani: «G‘afur G‘ulom» bog‘i  21-24 mart kunlari.
Ko‘proq yangiliklar: