Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Bulung‘ur tuman bo‘limi, DXXning Navoiy viloyati boshqarmasi va IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda, tuman hududidan o‘tuvchi M-38 avtomobil yo‘lining “Yuqori nuqta” YPX maskanida "Samarqand-Toshkent" yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanayotgan Cobalt rusumli avtomashina yo‘lovchisi M.R.ning yonida fuqaro R.T. tomonidan Toshkent shaharida o‘tkazish uchun berib yuborilgan og‘irligi 463,94 gramm bo‘lgan bahosi 368 mln so‘mlik 2 dona sof quyma oltin bo‘lagini olib ketayotganligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.