Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Rossiya Federatsiyasidagi vakillari hududlaridagi turli korxonalarda bo‘lib, ish beruvchilar va mehnat migrantlari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.
Sankt-Peterburgdagi «Baltiyskiy Bereg», «Severnyy potok», Nijniy Novgoroddagi «Agrokompleks Vetluga», Ufadagi «BioTexTuguzli» korxonalarida ishlayotgan yurtdoshlarimiz va ularning ish beruvchisi bilan uchrashuvlar tashkil etildi.
Yekaterinburg shahrida ish beruvchi tomonidan olib qo‘yilgan O‘zbekiston fuqarosining hujjati qaytarildi. Permda ishlayotgan fuqarolarga huquqiy yordam ko‘rsatildi.
Nijnevartovskda qiyin ahvolda qolgan o‘zbekistonlik Nijnevartovsk – Namangan aviareysi orqali vatanga qaytarildi.