Buxoro viloyati ichki ishlar boshqarmasining ikki nafar ofitser xodimi qo‘lga olindi. Bu haqda ichki ishlar vaziri matbuot kotibi xabar berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 16 mart kuni ushbu ikki xodim giyohvand moddalarning noqonuniy aylanmasiga aralashgani aniqlanib, hamkor tashkilotlar bilan birgalikda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida jinoyat ustida ushlangan.
Hozirda holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 25-moddasi, 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Ma’lum qilinishicha, tergov harakatlari olib borilmoqda.