Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dronlarni qonunga xilof ravishda olib kirganlik uchun jazo yengillashtirildi
Uchuvchisiz uchadigan apparatlarni (dronlar) qonunga xilof ravishda olib kirish, o‘tkazish, olish, saqlash yoki ulardan foydalanish uchun avval ma’muriy, keyin jinoyat javobgarlik belgilandi. Avval to‘g‘ridan to‘g‘ri jinoiy javobgarlik bor edi.

Foto: Kun.uz
Prezident tomonidan imzolangan qonun bilan ayrim kodekslarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Jumladan, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga quyidagi qo‘shimchalar kiritildi:
– Uchuvchisiz uchadigan apparatlarni, ularning butlovchi va ehtiyot qismlarini qonunga xilof ravishda olib kirish, o‘tkazish, olish, saqlash yoki ulardan foydalanish, uchuvchisiz uchadigan apparatlarni, ularning butlovchi va ehtiyot qismlarini musodara qilib, BHM 10 baravaridan 20 baravarigacha (3 mln 400 ming so‘mdan 6 mln 800 ming so‘mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Mazkur harakatlarni sodir etgan shaxs, agar uchuvchisiz uchadigan apparatlarni, ularning butlovchi va ehtiyot qismlarini o‘z ixtiyori bilan topshirsa, ma’muriy javobgarlikdan ozod qilinadi. Ilgari bu norma mavjud emas edi.
Uchuvchisiz uchadigan apparatlarni qonunga xilof ravishda olib kirish, o‘tkazish, olish, saqlash yoki ulardan foydalanish uchun avval ma’muriy keyin jinoyat javobgarlik belgilandi. Avval to‘g‘ridan to‘g‘ri jinoiy javobgarlik bor edi.
Jumladan, Jinoyat kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, uchuvchisiz uchadigan apparatlarni, ularning butlovchi va ehtiyot qismlarini qonunga xilof ravishda olib kirish, o‘tkazish, olish, saqlash yoki ulardan foydalanish, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, quyidagilardan biri bilan jazolanadi:
- BHM 25 baravaridan 50 baravarigacha (8 mln 500 ming so‘mdan 17 mln so‘mgacha) miqdorda jarima;
- 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari;
- 3 yilgacha ozodlikni cheklash;
- 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish.
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 3 oy o‘tgach kuchga kiradi.
Tavsiya etamiz
Tramp qamchini qo‘lga olyaptimi?
Jahon | 09:05 / 31.07.2025
Yangi eskrou tizimi. Bu uy-joy narxini yanada qimmatlashtiradimi?
Ko‘chmas mulk | 11:37 / 30.07.2025
Urush balosi: «Aeroflot»ni nega «buzishdi»?
Jahon | 23:22 / 29.07.2025
«Aeroflot»ga hujum. Bir kundan keyin nimalar ma’lum?
Jahon | 21:16 / 29.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Patrul-post xizmatining shartnoma asosida xizmat ko‘rsatish tartibi belgilandi
O‘zbekiston | 18:22
-
Farg‘onada IIB xodimining uyida tintuv o‘tkazildi
Jamiyat | 17:30
-
O‘zbekistonda ko‘chmas mulkning bozor qiymatini aniqlash tizimiga o‘tiladi
Ko‘chmas mulk | 17:11
-
Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining ikki mulozimi ishdan olindi
O‘zbekiston | 16:28
Mavzuga oid

18:58 / 31.07.2025
Dalasiga nima ekishni fermerning o‘zi hal qilishi aytildi

12:00 / 30.07.2025
«Agenstvo»: Putinning qo‘riqchisi dronlarga qarshi qurol olib yurgani aniqlandi

14:30 / 29.07.2025
Isroil droni Livanda o‘rmon yong‘iniga sabab bo‘ldi

13:39 / 29.07.2025