Afsonaviy «Titanik» kemasining aniq nusxasi quriladi

Jahon 21:21 / 16.03.2024 10415

Tadbirkor loyiha g‘oyasini 12 yil avval o‘ylab topgan, biroq uni amalga oshirish pandemiya tufayli keyinga surilgan edi. «Titanik»dagi hamma narsa, shu jumladan ichki elementlardan aniq nusxa olish rejalashtirilgan.

Milliarder kemada qulaylik va ko‘ngilochar tadbirlarga alohida e’tibor bermoqchi. Uning so‘zlariga ko‘ra, «Titanik II» 2027 yil iyun oyida suvga tushiriladi. Kema birinchi «Titanik» yo‘nalishini takrorlash uchun Angliyadan Shimoliy Atlantika bo‘ylab Nyu-Yorkka olti kunlik sayohatga chiqadi.

Laynerning uzunligi qariyb 700 metrni, kengligi 33 metrni tashkil qiladi. Kemada to‘qqizta paluba va 835 ta xona bo‘ladi. U yerda 2 mingdan ortiq yo‘lovchi joylashishi mumkin.

«Titanik II» qurilishi 2025 yilda boshlanishi rejalashtirilgan. Kliv Palmer loyihaga 1 milliard dollargacha mablag‘ sarflamoqchi.

Avstraliyalik milliarder, shuningdek, har bir yo‘lovchini «Titanik» davridagi liboslar bilan ta’minlashni rejalashtirgan.

Ko‘proq yangiliklar: