Bekzod Mavlonov prezident maslahatchisi lavozimiga tayinlandi

O‘zbekiston 09:14 / 15.03.2024 21389

O‘zbekiston prezidentining farmoni bilan Bekzod Mavlonov prezidentning huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi.

Davlat rahbari matbuot xizmati xabariga ko‘ra, shu munosabat bilan u O‘zbekiston prezidenti Administratsiyasi Huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish departamenti rahbari lavozimidan ozod etildi.

Bekzod Mavlonov o‘z faoliyati davomida huquq-tartibot organlarida xizmat qilgan. U O‘zbekiston bosh prokurori o‘rinbosari sifatida ham ishlagan.

Ko‘proq yangiliklar: