Toshkent viloyatining qariyb 20 ming gektar yer maydoni Toshkent shahriga o‘tkazildi

O‘zbekiston 20:55 / 14.03.2024 22600

Toshkent viloyatining qariyb 20 ming gektar yer maydoni Toshkent shahridagi Yangi Toshkent tumani tarkibiga o‘tkazildi. Bu haqdagi qaror Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev tomonidan imzolandi. 

Qarorga ko‘ra, Toshkent viloyati hududidan 19729,41 gektar, shu jumladan Yuqori Chirchiq tumanidan 17323,32 gektar, O‘rta Chirchiq tumanidan 2406,1 gektar yer maydoni Toshkent shahrining Yangi Toshkent tumani tarkibiga o‘tkazilgan. 

Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanidagi 33 ta mahalla, shundan 20 ta to‘liq, 13 ta qisman hamda O‘rta Chirchiq tumanidagi 7 ta mahalla, shundan 4 ta to‘liq, 3 ta qisman bo‘lgan hududlari Toshkent shahri tarkibidagi Yangi Toshkent tumaniga qo‘shilgan. 

Toshkent shahri tarkibida Yangi Toshkent tumani tashkil etilishi haqida 2023 yil noyabr oyida haqida xabar berilgan edi. Qayd qilinishicha, 500 ming aholiga mo‘ljallangan Yangi Toshkent shahri Chirchiq va Qorasuv daryolari oralig‘ida barpo etiladi. 2023 yil mart oyida prezident Shavkat Mirziyoyev «Yangi Toshkent» loyihasi qurilishiga tamal toshini qo‘ygan.

Ko‘proq yangiliklar: