Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘ona viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Sherzod Rahimov Farg‘ona viloyati hokimiga o‘rinbosar bo‘ldi. U tayinlovga qadar Qonunchilik palatasi Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi a’zosi bo‘lgan.

Foto: Farg‘ona viloyati hokimligi
13 mart kuni Sherzod Abduxalilovich Rahimov Farg‘ona viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi, deya xabar bermoqda viloyat hokimligi matbuot xizmati.
Sherzod Rahimov 1984 yilda Quva tumanida tug‘ilgan. Farg‘ona davlat universitetini hamda Toshkent davlat agrar universitetini tamomlagan. Mehnat faoliyatini 2004 yilda tarix o‘qituvchisi sifatida boshlagan.
2007–2010 yillarda FarDU aspiranti, 2010–2011 yillarda ushbu universitet qoshidagi akademik litseyda ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari bo‘lgan. 2011–2015 yillarda «Kamolot» YoIH Farg‘ona viloyati kengashi raisi bo‘lib ishlagan.
2015–2019 yillarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati bo‘lgan. 2020 yil 22 yanvardan hozirga qadar Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi a’zosi vazifasida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi.
- Farg‘ona viloyati hokimining yoshlar siyosati bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida 2019 yil fevralidan buyon Fayzullajon Qosimov ishlab kelgandi. U fevral oyida bosh vazir kotibiyati «Mahalla yettiligi», yoshlar siyosati va ma’naviyat masalalari departamenti rahbari etib tayinlangandi.
Tavsiya etamiz
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 15:18 / 15.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“400 mln so‘m sarflagandik” – Toshkentda hokimlik fuqarolar barpo qilgan yashil hududni auksionda sotib yubordi
Jamiyat | 21:19
-
Suriyadagi yangi urush. Druzlar va badaviylar mojarosida voqealar rivoji
Jahon | 20:26
-
Qamoqdan ozod etilganlarga bir martalik nafaqa berish tartibi belgilandi
O‘zbekiston | 20:25
-
Uzcard va “Elkart” O‘zbekiston va Qirg‘izistonni transchegaraviy pul o‘tkazmalari xizmati bilan bog‘ladi
Jamiyat | 20:00
Mavzuga oid

19:22 / 14.07.2025
Alisher Sultonov prezident maslahatchisi lavozimidan ozod etildi

19:15 / 14.07.2025
Aziz Mag‘rupov prezident maslahatchisi lavozimidan ozod etildi

18:40 / 14.07.2025
Prezident administratsiyasining 8 ta departamentiga yangi rahbar tayinlandi

18:34 / 14.07.2025