O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari yil boshidan buyon 2,37 mlrd dollarga kamaydi

Iqtisodiyot 11:06 / 12.03.2024 11243

Markaziy bank O‘zbekistonning xalqaro valuta zaxiralariga oid ma’lumotlarni yangiladi. Unga ko‘ra, 1 mart holatiga, O‘zbekistonning rasmiy zaxiralari 32,2 mlrd dollarni tashkil qildi.

Zaxiralar fevral oyiga nisbatan deyarli 1,22 mlrd dollarga, yil boshidan beri esa 2,37 mlrd dollarga kamaygan.

Yil boshidan beri oltin zaxiralari qiymati 24,63 mlrd dollardan 24,09 mlrd dollargacha pasaygan. O‘z navbatida oltinning fizik hajmi 11,9 mln troya unsiya miqdorida o‘zgarishsiz qolgan.

Shuningdek, xorijiy valuta zaxiralari qiymati 9,37 mlrd dollardan 7,55 mlrd dollargacha qisqargan.

“Xalqaro zaxiralar hajmidagi yil boshiga nisbatan o‘zgarishlar mavsumiy tusga ega bo‘lib, odatda yanvar-fevral oylarida kuzatiladigan tendensiya hisoblanadi. Shuningdek, mazkur dinamikaga 2019 yilda muomalaga chiqarilgan suveren yevro obligatsiyalar bir qismining so‘ndirilishi ham ta’sir ko‘rsatgan”, deyiladi Markaziy bank izohida.

Ko‘proq yangiliklar: