Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pentagon o‘zga sayyoraliklar mavjudligini tasdiqlovchi dalil topolmadi
Mudofaa vazirligi hisobotiga ko‘ra, amerikaliklar ayg‘oqchi samolyotlar va kosmik texnologiyalar sinovlarini NUJlar sifatida noto‘g‘ri qabul qilgan.

Foto: Reuters
Pentagon o‘zga sayyoraliklar mavjudligi va AQSh hukumatining ular bilan o‘zaro aloqasi haqida hech qanday dalil topolmadi. Departament xulosalari 8 mart, juma kuni AQSh Kongressiga Barcha sohalarda anomaliyalar bo‘yicha maxsus boshqarma (AARO) tomonidan taqdim etildi. Hisobot mualliflari 1960-yillarda NUJ haqidagi xabarlar ko‘payishini Amerika ayg‘oqchi samolyotlari va kosmik texnologiyalar sinovlari bilan bog‘lagan.
Hisobotda aytilishicha, NUJ haqidagi ko‘plab xabarlar «javobsiz yoki noma’lum qolmoqda». Biroq, ekspertlarning fikriga ko‘ra, «ko‘proq va yaxshiroq ma’lumotlar bilan» bu holatlar aksariyati tekshirilishi va ular begona harakatlar bilan bog‘liq emas degan xulosaga kelish mumkin.
Biroq, AARO ular hisoboti ko‘pchilikning o‘zga sayyoraliklar borligiga ishonchini yo‘qqa chiqarmasligini tan oldi.
Avvalroq AQSh razvedkasi NUJni milliy xavfsizlikka tahdid deb atagandi
2021 yil iyun oyida AQSh razvedkasi noma’lum uchuvchi jismlar AQSh milliy xavfsizligiga tahdid solishi mumkinligi haqida hisobot chop etdi. Umuman olganda, 2004 va 2021 yillar oralig‘ida agentlik NUJ ko‘ringan bo‘lishi mumkin bo‘lgan 144 ta holatni sanab o‘tdi, ularni izohlashning imkoni yo‘q.
Deyarli bir yil avval, 2020 yil avgust oyida Pentagon NUJ kuzatilishi holatlarini o‘rganish bo‘yicha maxsus ishchi guruh tuzilganini e’lon qilgan edi.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Putin tashkilotlarni «ekstremistik» deb tan olishni soddalashtirdi
Jahon | 08:01
-
Pistorius AQShdan Patriot'ni almashtirish bo‘yicha majburiyat kutmoqda
Jahon | 07:40
-
Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash tartibi ishlab chiqildi
O‘zbekiston | 07:37
-
111 gumanitar tashkilot G‘azoga yordam yetkazilishini talab qilmoqda
Jahon | 07:36
Mavzuga oid

15:50 / 13.07.2025
FT: Pentagon Tayvan masalasida Avstraliya va Yaponiyaga bosim o‘tkazmoqda

21:52 / 04.07.2025
Boeing 2,8 mlrd dollar evaziga Pentagonga ikkita sun’iy yo‘ldosh yetkazib beradi

22:44 / 22.06.2025
Yakson qilinmagan, lekin jiddiy zarar - Pentagon Eronga qarshi operatsiya tafsilotlarini ochiqladi

15:06 / 08.06.2025