Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gulistonda o‘quvchi Milliy gvardiyaning soxta guvohnomasi bilan boshqa maktabga kirishga urindi
U Milliy gvardiyaning xizmat kiyimida bo‘lgan. Soxta guvohnomani topshirish so‘ralganida, qarshilik ko‘rsatgan. Ma’lum bo‘lishicha, yigit boshqa bir maktabda 11-sinfda o‘qiydi. Guliston shahar prokuraturasi yigit nega maxsus kiyim va guvohnoma orqali maktabga kirmoqchi bo‘lganiga aniqlik kirityapti.

Foto: Milliy gvardiya matbuot xizmati
5 mart kuni soat 15:30lar atrofida Guliston shahridagi 8-maktabda yangi tizim asosida ishlayotgan qorovul maktabga kirish joyida Milliy gvardiya kiyimidagi yosh yigitni shubha uyg‘otgani uchun to‘xtatgan.
Idora matbuot xizmati xabariga ko‘ra, u soxta guvohnoma ko‘rsatib, maktabga kirishi kerakligini aytgan. Maktab ma’muriyati esa bu shaxsni avval uchratmaganliklari va u maktabga biriktirilmaganini bildirgan.
Milliy gvardiya xodimlari noma’lum shaxsdan qalbaki guvohnomani topshirishni so‘raganida, u xodimlarga qo‘pol munosabatda bo‘lib, faol qarshilik ko‘rsatishga uringan. Unga nojo‘ya harakatlarining salbiy oqibatlari tushuntirilgan holda, tinchlantirilgan.

Olib borilgan tekshiruvlar davomida bu shaxs Guliston shahrida joylashgan 16-sonli maktabning 11-sinf o‘quvchisi U.X. ekani aniqlangan. Undan Milliy gvardiya xizmat kiyimi va soxta guvohnomasi olib qo‘yilgan.
Yigitning nima maqsadda forma kiyib maktabga kirmoqchi bo‘lgani va buning sabablarini aniqlash yuzasidan Guliston shahar prokuraturasi surishtiruv o‘tkazmoqda.
Eslatib o‘tamiz, fevral oyidan boshlab Milliy gvardiya xodimlari maktablarda davomatni yaxshilash va tartibni saqlashga jalb etildi. Maktablardagi inspektor-psixologlar IIVdan MG tuzilmasiga o‘tkazildi.
6 mart kuni e’lon qilingan qonun loyihasiga ko‘ra, Milliy gvardiya xodimlariga bolani tarbiyalash va ta’lim berish bo‘yicha majburiyatni bajarmaslik, jamoat joyida tamaki yoki alkogol mahsulotini iste’mol qilish, voyaga yetmagan shaxsni g‘ayriijtimoiy xatti-harakatga jalb qilishda ayblangan shaxslarni ma’muriy javobgarlikka tortish vakolati beriladi.
Avvalroq Qoraqalpog‘istonda mast erkak maktabga bolta ko‘tarib kelgan, Toshkent viloyatidagi maktabda Milliy gvardiya xodimiga jarohat yetkazilgan edi.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ispaniya plyajlari Osiyo suvo‘tlari bilan qoplandi
Jahon | 19:06
-
Putin flot kunida Peterburgga bordi. Bu vaqtda Leningrad oblastiga dronlar hujum qildi
Jahon | 18:58
-
Fransuz vaziri yaqin kunlarda arab davlatlari “ilk bor HAMASdan qurolsizlanishni talab qilishlari”ni aytdi
Jahon | 18:55
-
Sun’iy intellekt sohasida AQSh yetakchi, Xitoy ikkinchi o‘rinda
Fan-texnika | 18:30
Mavzuga oid

14:13 / 07.07.2025
Toshkentda milliy gvardiyachilar cho‘kayotgan fuqaroni qutqarib qoldi

09:54 / 06.03.2025
Milliy gvardiya tizimiga ishga kiritish bilan bog‘liq noqonuniy holatlar aniqlandi

17:11 / 07.02.2025
Milliy gvardiyaga ma’muriy jazo chorasini qo‘llash vakolati berildi

12:29 / 25.01.2025