Toshkent viloyatida yerga oid eng ko‘p huquqbuzarlik holati Yangiyo‘lda aniqlandi
Toshkent viloyatida bir yilda jami 4 mingga yaqin yerga oid huquqbuzarlik holatlari aniqlandi.

Foto: Kun.uz
Kadastr agentligining Toshkent viloyati boshqarmasi xabariga ko‘ra, idora tomonidan 2023 yil davomida olib borilgan nazorat tadbirlari davomida jami 3 949 ta yerga oid huquqbuzarlik holatlari aniqlangan.
Eng ko‘p holatlar quyidagi hududlarda qayd etilgan:
- Yangiyo‘l tumani — 251 ta;
- Toshkent tumani — 248 ta;
- Yuqori Chirchiq tumani — 241 ta;
- Bo‘stonliq tumani — 210 ta.
Boshqarma fuqarolardan ruxsatsiz qurilish qilmaslikni, yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olmaslikni va egalik huquqi mavjud bo‘lganda o‘z vaqtida davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni so‘ragan.
Mavzuga oid

21:10 / 08.03.2025
Yangiyo‘lda ko‘prikning bir qismi o‘pirildi

16:24 / 07.03.2025
“Vahimaga tushmang” - Kadastr agentligi yerlar xitoyliklarga sotilayotgani haqidagi mish-mishlarni rad etdi

11:41 / 07.03.2025
Yerni ijaraga olish uchun auksionda boshlang‘ich narxni belgilash tartibi o‘zgardi

10:18 / 07.03.2025