Samarqandda 10 kunda to‘rt nafar go‘dak vafot etgani ma’lum qilindi
Hozirda prokuratura organlari tomonidan barcha holatlar va o‘lim sabablari o‘rganilmoqda.

Foto: Getty Images
Samarqand viloyatida bir hafta mobaynida chaqaloqlar o‘limi bilan bog‘liq to‘rtta holat sodir bo‘lgan. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, viloyat hokimligida 20-29 fevral kunlari oralig‘ida sodir bo‘lgan go‘daklar o‘limi bilan bog‘liq holatlar muhokama qilingan.
4 nafar go‘dakning ikki nafari Oqdaryo tumanida bir nafardan Nurobod va Urgut tumanlarida vafot etgani aytilgan.
Yig‘ilishda viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi, tibbiyot birlashmalari rahbarlari, oilaviy shifokorlar, patronaj va doya hamshiralarning holatlar bo‘yicha hisoboti eshitilgan.
Muhokama yakunida mas’ullarga xorijdan mutaxassislarni olib kelib, eng avvalo, ona va go‘dak o‘limi yuqori bo‘lgan hududlar tibbiyot xodimlarini reproduktiv salomatlik va homiladorlar parvarishi bo‘yicha o‘qitish, tug‘uruqxonalarni zamonaviy tibbiy uskunalar bilan jihozlash bo‘yicha topshiriqlar berilgan.
Qayd etilishicha, hozirda prokuratura organlari tomonidan tibbiyot xodimlarining qo‘ygan tashxislari va go‘daklar o‘limi sabablari, mas’ullarning harakati yoxud harakatsizligi masalalari o‘rganilmoqda.
Mavzuga oid

12:12 / 06.03.2025
Samarqanddagi bog‘chada ham tarbiyachi bolalarni kaltakladi

09:32 / 05.03.2025
Samarqandda novvoyxona 820 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalandi

18:54 / 04.03.2025
Samarqand-Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha «Afrosiyob» poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

17:07 / 03.03.2025