Qozog‘iston O‘zbekiston bilan yuk tashish jarayonini soddalashtiradi

Iqtisodiyot 18:33 / 05.03.2024 11648

O‘zbekistonning yuk tashish bo‘yicha ruxsatnoma blankalarini olishni yanada soddalashtirish maqsadida Qozog‘iston Transport, Moliya va Raqamli rivojlanish vazirlarining qo‘shma buyrug‘i loyihasi ishlab chiqildi. Bu haqda Kazinform xabar berdi. 

Loyiha 2024 yil aprelidan boshlab «Atameken», «B.Qonisbayev», «Qazig‘urt», «Qoplonbek» va «Tajyen» nazorat-o‘tkazish punktlarida ruxsatnomalarni elektron shaklda berishni nazarda tutadi. 

Mahalliy tashuvchilarga elektron ruxsatnomalar berish uchun arizalarni qabul qilish Qozog‘istonning CarGoRuqsat avtomatlashtirilgan elektron navbat tizimi orqali amalga oshiriladi. 

Qayd qilinishicha, ushbu mexanizm vijdonli tashuvchilarga O‘zbekiston bilan yuk tashishni soddalashtirish hamda navbat joylari bilan chayqovchilik va ruxsatnoma blankalarini uchinchi shaxslarga topshirishni bartaraf etish imkonini beradi. 

Qozog‘iston hududi orqali O‘zbekistonga kiruvchi mahalliy tashuvchilar o‘tkazish punktlarida O‘zbekiston ruxsatnomalarini elektron shaklda oladi. 

Qozog‘iston hududidan tranzit o‘tmasdan O‘zbekistonga kiruvchi mahalliy tashuvchilar Qozog‘iston «Elektron hukumat» portali orqali O‘zbekiston ruxsatnomalarini olishi mumkin bo‘ladi.

 

Ko‘proq yangiliklar: