Savdo-sanoat palatasi Toshkent viloyati boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi
Ichki ishlar vazirligi akademiyasini tamomlagan Abdurasul Abduxalilov shu lavozimda ish boshlaydi.

Foto: Savdo-sanoat palatasi
Abdurasul Abdurashidovich Abduxalilov Savdo-sanoat palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
U 1984 yili Toshkent shahrida tug‘ilgan, oliy ma’lumotli. Ichki ishlar vazirligi akademiyasini tamomlagan. Faoliyati davomida ichki ishlar idoralarida, xususiy tadbirkorlik sub’yektlarida ishlagan.
2018 yildan hozirga qadar Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumanidagi xususiy korxonada rahbar lavozimida ishlagan.
Abdurasul Abduxalilov, shuningdek, 2023 yilda «Faol tadbirkor» ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan.
Mavzuga oid

17:37 / 28.02.2025
Chinozda yigit o‘z opasini o‘ldirib, jasadini 7 kun uyda saqladi

18:41 / 22.02.2025
Toshkent viloyatida yirik miqdordagi firibgarlikni sodir qilgan shaxs qamaldi

11:42 / 21.02.2025
Toshkent viloyatida yuk mashinasi yo‘lga o‘tirib olgan shaxsni urib ketdi

16:32 / 20.02.2025