1 mart kuni Namanganda xizmat qilayotgan yo‘l-patrul xizmati xodimlari tomonidan Mercedes-Benz rusumli avtomobil to‘xtatilib tekshirilganda, haydovchi transport vositasining Tojikiston davlat raqam belgisini to‘g‘ri aniqlanishiga xalaqit beruvchi qoplama surtib olgani ma’lum bo‘lgan.
Haydovchiga nisbatan tegishli tartibda ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, avtomobil vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga qo‘yilgan.
Ta’kidlanishicha, yo‘l harakati qoidalariga ko‘ra, davlat raqami belgilarini ko‘rinishini cheklaydigan, to‘g‘ri aniqlanishiga xalaqit beradigan har-xil buyumlar o‘rnatilgan va qoplamalar bilan to‘silgan transport vositalaridan foydalanish taqiqlanadi.
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 127-moddasi ikkinchi qismiga ko‘ra, transport vositasiga davlat raqam belgilarini ko‘rish imkoniyatini cheklaydigan, ularni anglashga to‘sqinlik qiladigan turli ashyolar o‘rnatish va qoplama surtish — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.