Toshkent shahar prokurori stipendianti tanlovi g‘oliblari taqdirlandi
Tanlovda TDYuU bakalavriat bosqichida ta’lim olayotgan barcha kurslardagi 1000 nafardan ziyod talaba ishtirok etdi.

Toshkent davlat yuridik universiteti talabalari uchun Toshkent shahar prokurori stipendianti tanlovi o‘tkazildi.
Tanlovda TDYuU bakalavriat bosqichida ta’lim olayotgan barcha kurslardagi 1000 nafardan ziyod talaba ishtirok etdi.
3 bosqichdan iborat bo‘lgan ushbu tanlovda munosib bilimli talabalar yakunda g‘olib deb topildi hamda Toshkent shahar prokurori stipendiantiga aylandi.
Qayd qilinishicha, quyidagi 4 nafar talaba shahar prokurori stipendiyasiga sazovor bo‘ldi:
- 1-bosqich talabasi — Haydarova Shohida Ahror qizi;
- 2-bosqich talabasi — Ozodov Inoyattulla Alisher o‘g‘li;
- 3-bosqich talabasi — Mirzajonov Abrorbek Akmaljon o‘g‘li;
- 4-bosqich talabasi — Abdurahmonov Komronbek Ulug‘bek o‘g‘li.
Bundan tashqari, uchinchi bosqichda faol ishtirok etgan to‘rt nafar talaba: Nazarova Mohlaroyim To‘lqin qizi — «Eng yaxshi taklif egasi», Yo‘ldosheva Dilafro‘z Sunnat qizi — «Eng yaxshi bilimdon», Nurimova Dilshoda Qurbon qizi — «Eng yaxshi notiq», Zayniddinova Shahzodaxon Faxriddin qizi — «Eng yaxshi taqdimotchi» nominatsiyalari bo‘yicha taqdirlandi.
G‘oliblarga kelgusida prokuratura organlarida ishlashlari uchun shahar prokuraturasi tomonidan tavsiyanoma taqdim etildi.
Ta’kidlanishicha, Toshkent shahar prokurori stipendiyasi yoshlarning nazariy bilimlarini huquqni qo‘llash amaliyoti bilan mustahkamlash, prokuror kasbiy fazilatlarini shakillantirish bilan bog‘liq tadbirlar majmuasidan iborat tashabbuskor loyiha hisoblanadi.
Mavzuga oid

21:10 / 08.03.2025
Yangiyo‘lda ko‘prikning bir qismi o‘pirildi

09:21 / 08.03.2025
Tez yordam xodimlari uy yo‘lagida tashlab ketgan fuqaroning holati haqida ma’lumot berildi

16:24 / 07.03.2025
“Vahimaga tushmang” - Kadastr agentligi yerlar xitoyliklarga sotilayotgani haqidagi mish-mishlarni rad etdi

09:32 / 07.03.2025