UZTELECOM o‘z yetakchiligini Internet sinovlari bo‘yicha jahonning yirik kompaniyasi Ookla®ning ikkita oliy mukofoti bilan tasdiqladi

O‘zbekistonning yetakchi telekommunikatsiya operatori UZTELECOM Internet sinovlari sohasida tan olingan jahon yetakchisi – Ookla® kompaniyasining ikkita oliy mukofoti bilan taqdirlandi. Barselonadagi “Mobile World Congress 2024”da UZTELECOM delegatsiyasi 2023 yilning 3-4-choragi bo‘yicha Ookla® kompaniyasining “Eng tezkor mobil tarmoq” va “Eng yaxshi mobil geyming tajribasi” nominatsiyasi bilan munosib tarzda taqdirlandi.
Mustaqil tadqiqotlar ma’lumotlar uzatishning yuqori tezligini va barcha UZTELECOM foydalanuvchilari uchun barqaror ulanishni tasdiqlamoqda.
Eng yaxshi mobil o‘yin tajribasi – bu mukofot UZTELECOM'ning yuqori sifatli o‘yin tajribasini taqdim etishdagi progressiv yondashuvini tasdiqlaydi. Tezkor va barqaror tarmoq orqali o‘yinchilar uzluksiz geympley, minimal kechikish va yuqori sifatli grafikadan bahramand bo‘lishlari mumkin, bu ularning o‘yin jarayonidan qoniqishlarini sezilarli darajada oshiradi.
Ushbu mukofotlar 2023 yilda “Yangilanishlar mavsumi” ulkan loyihasi doirasida 6000 dan ortiq tayanch stansiyalarini o‘rnatish va modernizatsiya qilish orqali abonentlar uchun qulayliklarni oshirgan va ularni yuqori tezlikdagi LTE/5G tarmoqlari bilan ta’minlagan UZTELECOM jamoasining mashaqqatli mehnatining natijasidir. Ushbu loyiha doirasida yangi tayanch stansiyalarining o‘rnatilishi UZTELECOM'ga Toshkent va Samarqand shaharlarida yuqori tezlikdagi 5G mobil aloqa qamrovini ta’minlash imkonini berdi.
Bu boshlanishi: UZTELECOM mamlakatimizning barcha viloyat markazlarida 5G tarmog‘i qamrovini kengaytirish bo‘yicha faol ish olib bormoqda, bu esa bizni yuqori tezlikdagi beshinchi avlod aloqasi hamma uchun, har yerda mavjud bo‘ladigan kelajakka yaqinlashtiradi.
Eslatib o‘tamiz: UZTELECOM yuklab olish va yuklash tezligiga asoslangan Speed Score™ga ko‘ra eng yuqori – 36,96 ballni namoyish etib, 2023 yilning 1- va 2-choraklari bo‘yicha “Eng tezkor mobil tarmoq” nominatsiyasi bo‘yicha Speedtest Awards 2023 mukofotiga sazovor bo‘lgan.
Ma’lumot uchun: Barselonada 26 – 29 fevral kunlari yuqori texnologiyalar sanoatidagi eng kutilgan va eng yirik tadbirlardan biri – “Mobile World Congress 2024” bo‘lib o‘tmoqda.
Call-markaz: 1099
Sayt: uztelecom.uz
Facebook: @uztelecom
Instagram: @uztelecomuz
Telegram: @uztelecomuz
Telegram-bot: @utc_uzbot
YouTube: UZTELECOM
Texnik yordam: @uztelecom.uz
Reklama
Tavsiya etamiz
Husanov nega o‘ynamayapti?
Sport | 10:00 / 01.05.2025
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
Sport | 13:50 / 30.04.2025
Fuqarolarga yoshga doir pensiyani tayinlash tartibi yengillashtirilyapti
O‘zbekiston | 11:37 / 30.04.2025
Toshkentda avtobuslar konditsioneri qachon yoqiladi?
O‘zbekiston | 20:40 / 29.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Qozog‘iston rossiyalik to‘rt deputat va Davlat dumasi vitse-spikerining mamlakatga kirishini taqiqladi
Jahon | 01:52
-
HAMAS vakili Isroil bilan kelishuvga tayyor ekanini ma’lum qildi
Jahon | 01:00
-
Tailandda Sibir kuydirgisidan birinchi o‘lim holati qayd etildi
Jahon | 23:57 / 02.05.2025
-
Balida blekaut yuzaga keldi
Jahon | 23:18 / 02.05.2025
Mavzuga oid

15:00 / 02.05.2025
MyUZTELECOM: Har bir to‘lovdan 3% keshbek oling!

11:00 / 18.04.2025
UZTELECOM – 12 million vatandoshlarimiz ishonch bildirgan tarmoq

19:00 / 14.04.2025
IWTC 2025: UZTELECOM raqamli transformatsiya yutuqlarini namoyish etmoqda

19:00 / 15.03.2024