Germaniya TIV: Berbokning Ukrainaga tashrifi Rossiya droni tufayli qisqartirildi

Jahon 14:16 / 27.02.2024 6883

Germaniya hukumati rasmiylari 26 fevral, dushanba kuni Germaniya tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok Rossiya razvedkachi uchuvchisiz uchog‘i tufayli Ukraina janubiga ikki kunlik e’lon qilinmagan tashrifi dasturini o‘zgartirishga majbur bo‘lgani haqidagi OAV xabarlarini rasman tasdiqladi.

Germaniya Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Kristian Vagner hukumat matbuot anjumanida aytganidek, voqea 25 fevral kuni, Ukrainada Berbok dasturining so‘nggi nuqtasida sodir bo‘lgan. Dron va u Rossiyaga tegishli ekanligi haqidagi ma’lumotlar ham vazir xavfsizligini ta’minlagan Ukraina xizmatlaridan, ham nemis tansoqchilar jamoasidan olingan.

Dronlar yordamida razvedka

«Rossiyaning ushbu razvedkachi uchuvchisiz uchog‘i payqalgach, tashrif dasturini qisqartirishga va zudlik bilan avtomashinalar karvonini harakatga keltirishga qaror qilindi, - dedi Vagner. - Siz mojaro zonasida bo‘lganingizda bu oddiy harakat yo‘nalishi. Bu front chizig‘idan 50 kilometr uzoqlikda sodir bo‘lgan». Uning so‘zlariga ko‘ra, dron bir muddat kolonnani kuzatib, keyin orqaga burilib uchib ketgan. 

Germaniya Tashqi ishlar vazirligi vakili voqeani Rossiyaning Annalena Berbokka qarshi harakati sifatida baholashdan bosh tortdi va «bu Ukrainadagi odamlar, ayniqsa ushbu mintaqada har kuni rus razvedkachi uchuvchisiz uchoqlariga duch keladiganlar qayg‘uli kundalik hayoti ekanligini aytdi». Bildirilishicha, bundan harakatlardan qisqa vaqti o‘tib havo hujumlari yuz beradi.

Germaniya Mudofaa vazirligi vakili polkovnik Arne Kollatsning qo‘shimcha qilishicha, Germaniya bo‘limlari Ukrainada sodir bo‘layotgan voqealar haqidagi ma’lumotni nafaqat Ukraina xizmatlaridan, balki boshqa hamkor davlatlar razvedka xizmatlaridan ham oladi. Ular, Kollatsga ko‘ra, «joyida sensorlar yoki ma’lumot manbalariga ega». 

Ko‘proq yangiliklar: