Frontda halok bo‘lgan nepalliklar va qo‘l-oyoqsiz qolgan ukrainlar. Urush suratlari

Jahon 15:25 / 27.02.2024 12622

Ukrainada urushning 733-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Anneksiya qilingan «DXR» rasmiylari Avdiyivka atrofida amerikaliklarning Abrams tanki yo‘q qilingani haqida xabar berdi — bu urush boshidan buyon birinchi holat. Ukraina qurolli kuchlari tank zarbaga uchraganini rasman tasdiqlamagan.
  • Belgorod oblastida dron hujumi oqibatida uch kishi halok bo‘ldi, yana uch kishi jarohat olgan.
  • Vengriya parlamenti Shvetsiyaning NATOga a’zo bo‘lishini ma’qulladi. Bu Stokholm alyansga a’zo bo‘lishidagi so‘nggi to‘siq edi.
  • Rossiya droni 25 fevral kuni Mikolayivga tashrif vaqtida Germaniya TIV rahbari Annalena Berbokning kortejini kuzatgan. Shundan so‘ng vazir darhol Ukrainani tark etgan.
  • Der Spiegel nashri tasdiqlashicha, Germaniya Ukrainaga snaryadlar yetkazib berish bo‘yicha Hindiston bilan maxfiy muzokaralar olib bormoqda.

Qo‘l yoki oyog‘idan ayrilgan ukrain askarlarining reabilitatsiya jarayoni

22 yoshli ukrainalik jangchi Valentin Kiyevdagi reabilitatsiya markazida fizioterapevt bilan ishlamoqda. Valentin 2022 yil Baxmut atrofidagi janglarda oyog‘idan ayrilgan
Chris McGrath / Getty Images
43 yoshli ukrain askari Oleksandr Kiyevdagi klinikada. Og‘ir jarohatdan keyin uning ikki qo‘li va oyog‘ini kesib tashlashga to‘g‘ri kelgan
Chris McGrath / Getty Images
Kiyevdagi shifoxonada ukrainalik yarador askarning qo‘lidagi jarohatda lazer termoterapiya o‘tkazilmoqda
Chris McGrath / Getty Images
Ukrainalik jangchi, oyog‘i amputatsiya qilingan Oleksiy Lvivdagi reabilitatsiya markazi basseynida suzmoqda
Andre Alves / Anadolu / ddp / Vida Press
Lvivdagi reabilitatsiya markazida ukrainalik askarlarning oyoqlari uchun gips nusxalari. Ushbu slepoklar orqali protezlar tayyorlanadi
Andre Alves / Anadolu / ddp / Vida Press
Lvivdagi reabilitatsiya markazida terapevt ukrainalik askar Dmitro Voloshchenkoning oyog‘idagi chandiqni massaj qilmoqda
Andre Alves / Anadolu / ddp / Vida Press

RF armiyasida halok bo‘lgan nepalliklar xotirasiga aksiya

Ukrainadagi urushda halok bo‘lgan nepalliklarning oila a’zolari 2024 yil 24 fevral kuni keng ko‘lamli bosqin boshlanganining ikki yilligida Katmandudagi yodgorlik oldida o‘tkazilgan aksiya vaqtida lampalarni yoqishmoqda. Nepalning qancha fuqarosi Rossiya armiyasi saflariga yozilgani — noma’lum. Yanvar oyi boshida mamlakat hukumati frontda o‘n nafar fuqarosi halok bo‘lganini tasdiqlagan va nepalliklarga pul ishlash uchun Rossiya va Ukrainaga borishni taqiqlagandi.
Sanjit Pariyar / NurPhoto / Getty Images

Xarkivda ukrain harbiy xizmatchilarining dafn etilishi

Ukraina qurolli kuchlarining sakkiz jangchisi Xarkivda dafn etilishi. 24 fevral kuni keng ko‘lamli bosqinning ikki yilligi munosabati bilan tashkillashtirilgan matbuot anjumanida Volodimir Zelenskiy ilk bor frontda halok bo‘lgan ukrain askarlari soniga aniqlik kiritgandi — 31 ming kishi. Ammo aslida qurbonlar soni ancha ko‘proq bo‘lishi mumkin.
David Young / dpa / Scanpix / LETA
Ukrainalik harbiylar Xarkivdagi dafn marosimida halok bo‘lgan quroldoshlari sharafiga havoga o‘q uzmoqda
David Young / dpa / Scanpix / LETA

Kreminna yaqinidagi ukrain jangchilari 

Ukrainalik askarlar yuk mashinasi kuzovida Luhansk oblastining Kreminna shahri atrofidagi front chizig‘ida, Rossiya yurish qilayotgan hududda harakatlanmoqda
Diego Herrera Carcedo / Anadolu / ddp / Vida Press
Yuk mashina kuzovida uxlayotgan ukrain askari
Diego Herrera Carcedo / Anadolu / ddp / Vida Press
Diego Herrera Carcedo / Anadolu / ddp / Vida Press
Ukrainalik askar Ukraina qurolli kuchlarining Kreminna atrofidagi minomyotchilar pozitsiyasida o‘z yozuvlarini o‘qib chiqmoqda
Diego Herrera Carcedo / Anadolu / ddp / Vida Press
Ko‘proq yangiliklar: