Ta’lim muassasalarini attestatsiya va akkreditatsiyadan o‘tkazish tartibi belgilandi

O‘zbekiston 16:23 / 24.02.2024 4386

Maktabgacha hamda umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarini  attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.

Attestatsiyaning asosiy prinsiplari: mustaqillik, xolislik, oshkoralik, shaffoflik, davriylik, majburiylik. Tasdiqlangan Maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarini attestatsiyadan hamda davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom quyidagilarni ham belgilaydi:

  • attestatsiya komissiyalarini tashkil etish tartibi va ularning tarkibi;
  • attestatsiyadan o‘tkazish haqida xulosa;
  • xalqaro akkreditatsiya tashkilotlarini ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi, shuningdek ularga qo‘yiladigan talablar;
  • ta’lim tashkilotlarini akkreditatsiyadan o‘tkazish;
  • maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarini attestatsiyadan o‘tkazish mezonlari.

Davlat umumiy o‘rta ta’lim tashkiloti har yili xavf-xatarlar tahliliga asoslangan ta’lim sifati monitoringini o‘tkazish uchun o‘z faoliyatini ichki baholaydi va uning natijasi bo‘yicha to‘plangan ma’lumotlar hamda materiallarni onlayn tarzda ta’lim sifati monitoringi elektron platformasi orqali Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga yuboradi.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi davlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida xavf-xatarlar tahliliga asoslangan ta’lim sifati monitoringini amalga oshiradi. Vazirlikka 2024 yil 1 avgustga qadar ta’lim sifati monitoringi hamda akkreditatsiya va tegishli sertifikatlar berish elektron platformasini ishga tushirish topshirildi.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi:

  • mandat.uzbmb.uz elektron platformasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining ta’lim sifati monitoringini yuritishga mo‘ljallangan elektron platformasiga “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali integratsiya qilinishini;
  • har yili 10 oktyabrga qadar oliy ta’lim tashkilotlariga qabul imtihonlarida qatnashgan umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarining bitiruvchilari soni, ularning fanlar kesimidagi va jami to‘plagan ballari bo‘yicha ma’lumotlar elektron shaklda taqdim etilishini ta’minlaydi.
Ko‘proq yangiliklar: