Qibrayda elektrdan noqonuniy foydalangan holda mayning qurilmalarini o‘rnatgan xonadonlar aniqlandi

O‘zbekiston 08:24 / 24.02.2024 2837

“Hududiy elektr tarmoqlari” xabariga ko‘ra, AJ mutasaddilari, Toshkent hududiy filiali Qibray tuman elektr ta’minoti xodimlari hamda DXX, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning tuman bo‘limi vakillari hamkorligida Qibray tumanida navbatdagi reyd tadbiri o‘tkazilgan.

Uning davomida “Baytqo‘rg‘on” MFY hududidagi xonadonda yashovchi S.M. o‘z uyida 3 dona mayning kriptoaktivlari qurilmalarini tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulab, jami 579,4 million so‘mlik elektr energiyasini o‘g‘irlaganligi aniqlangan.

Reyd davomida Mirzo Ulug‘bek tumani Alisherobod hududidagi xonadonda yashovchi F.R. o‘z uyida 4 dona mayning kriptoaktivlari qurilmalarini tijorat maqsadida elektr ta’minoti korxonasi “Elektr hisob”dan ro‘yxatdan o‘tkazmasdan elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulab, jami 365,2 million so‘mlik elektr energiyasini o‘g‘irlagani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan huquqbuzarga elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani uchun 63,6 million so‘m qayta hisob-kitob qilindi hamda prezidentning tegishli qarorlariga asosan noqonuniy foydalanilgan mayning fermalariga nisbatan 5 barobar o‘suvchi koeffitsiyent qo‘llanib, 944,6 mln so‘m mablag‘ undirishga hujjatlar rasmiylashtirildi.

Mazkur holatlar yuzasidan dalolatnomalar rasmiylashtirilib, to‘plangan hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etildi.

Ko‘proq yangiliklar: