Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonning Xitoydagi elchixonasida Qoraqalpog‘istondan vakil faoliyat yuritadi
Prezident tomonidan “Qoraqalpog‘iston Respublikasini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi bandligini ta’minlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror imzolandi.

Foto: Transport vazirligi
2024 yilda hududda jami 6,5 trln so‘mlik 421 ta investloyiha amalga oshiriladi. Banklar yordamida 86,6 nafar sub’yektni biznesga jalb qilish rejalashtirilmoqda, shundan:
- o‘zini o‘zi band qilish hisobidan – 64 ming nafar;
- YaTTni ro‘yxatdan o‘tkazish hisobidan – 5,8 ming nafar;
- tadbirkorlik sub’yektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish hisobidan – 6,5 ming nafar;
- dehqon xo‘jaliklarini hisobga olish yo‘li bilan – 10,3 ming nafar.
1,6 mingta xizmat ko‘rsatish obektlarini yaratish orqali 2,9 mingta ish o‘rni yaratish rejalashtirilmoqda. Yo‘lbo‘yi infratuzilmasini rivojlantirish uchun auksion savdolarga 19,5 ga yer maydonlari chiqariladi.
Bundan tashqari:
kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash kompleks dasturini amalga oshirish uchun Biznesni rivojlantirish bankining kredit resurslaridan 320 mlrd so‘m ajratiladi;
«Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi» AJ tadbirkorlik sub’yektlarini qo‘llab-quvvatlash uchun 50 mlrd so‘m ajratadi;
banklar tomonidan 60 mlrd so‘m ajratilib, ijtimoiy soliqni to‘lovchi o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarga bir yilgacha "Biznesga birinchi qadam" bank plastik kartalari orqali 5 mln so‘mdan mikroqarzlar beriladi.
Qoraqalpog‘istonda innovatsion texnologiyalarga asoslangan eksportga yo‘naltirilgan va import o‘rnini bosuvchi tarmoqlar bo‘yicha investitsiya loyihalarini amalga oshirayotgan korxonalarga "Nukus" erkin iqtisodiy zonasi ishtirokchisi maqomi beriladi.
Quvvati 200 ot kuchidan ortiq bo‘lgan, ishlab chiqarish muddati 5 yildan oshmagan, qishloq xo‘jaligi korxonalari va tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan o‘z ehtiyojlari uchun xorijdan olib kelingan traktorlar va paxta yig‘im-terimi kombaynlari 2026 yilning 1 yanvar kuniga qadar bojxona boji va utilizatsiya yig‘imini to‘lashdan ozod etilmoqda. Tadbirkorlik sub’yektlariga QQSni "import" bojxona rejimiga joylashtirilgan kundan boshlab 270 kungacha to‘lashga ruxsat berilmoqda.
O‘zbekistonning Xitoy Xalq Respublikasidagi elchixonasining shtat tuzilmasiga Qoraqalpog‘iston Respublikasining alohida vakili shtat birligi kiradi.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Maxsus iqtisodiy zonalarni infratuzilma bilan ta’minlashda bozor mexanizmi joriy etiladi
O‘zbekiston | 08:47
-
BMT qarorgohida Falastin bo‘yicha xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tadi
Jahon | 08:15
-
Infratuzilma obektlarini qurishda muqobil energiya vositalari joriy etiladi
O‘zbekiston | 08:05
-
Tramp immigratsiya va bojxona politsiyasiga «to‘liq vakolat» taqdim etdi
Jahon | 08:01
Mavzuga oid

17:43 / 04.04.2025
Xitoy Trampning chaqirig‘ini qabul qildi va javob qaytardi

16:27 / 04.04.2025
Xitoy AQSh tovarlariga boj tariflarini oshiradi

17:04 / 03.04.2025
Xitoy va Yevropa Ittifoqi AQSh yangi boj tariflariga norozilik bildirdi

23:16 / 01.04.2025