Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Boqiy Buxoro” etnografik parki qanchaga qurilishi ma’lum bo‘ldi
Hukumat qaroriga ko‘ra, Turistik majmua 2024-2026 yillarda qurilishi, 2024 yilning 1-choragida 14,9 mln dollarlik investitsiya kiritilishi ko‘zda tutilgan.

Majmua loyihasi / Foto: Buxoro viloyati hokimligi
Buxoro shahrida “Boqiy Buxoro” etnografik parki qurilishi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tasdiqlangan 2024 yil 1-choragi bo‘yicha investitsiya dasturiga kiritildi.
Unga ko‘ra, park 2024-2026 yillarda 470 mln dollar (qariyb 5,87 trillon so‘m)ga quriladi. Shundan 14,9 mln dollarlik investitsiya 2024 yilning 1-choragida kiritilishi ko‘rsatilgan.
Hujjatda loyihani Singapur kompaniyasi amalga oshirishi qayd etilgan.
Eslatib o‘tamiz, Boqiy Buxoro etnografik parki Buxoro shahrining ma’muriy markazida, 32,6 gektarlik hududda quriladi. Bu hududdagi hokimlik, prokuratura va boshqa ma’muriy binolar, markaziy stadion va tadbirkorlarga tegishli qator ko‘chmas mulklar buziladi.
Mas’ullarga ko‘ra, qurilajak park hududidan etnografik muzey, Buxoro vohasi uchun xos bo‘lgan tarixiy mahallalar, aholi uchun xizmat ko‘rsatuvchi choyxonalar va milliy taomlar tamaddixonalari, an’anaviy drenaj tizimlari – ariq va hovuzlar, hunarmandlar rastalari, zargarlik, zardo‘zlik, kashtachilik, yog‘och o‘ymakorligi, temirchilik, kulolchilik, naqqoshlik, pichoqchilik kabi amaliy san’at ustaxonalari o‘rin oladi.
Mavzuga oid

10:36 / 17.07.2025
O‘zbekistonning Benilyuks mamlakatlaridagi turizm elchisi tayinlandi

15:12 / 14.07.2025
Singapurliklar uchun O‘zbekistonga to‘g‘ridan to‘g‘ri charter reyslar tashkil etiladi

14:44 / 14.07.2025
Surxondaryoda uchta yangi sayyohlik markazi barpo etiladi

13:58 / 12.07.2025