Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Bayden inqirozi» bilan kurashish uchun. Texas Meksika bilan chegarada harbiy baza quradi
Texas AQShning Meksika bilan chegarasida yirik harbiy baza quradi. Bu haqda shtat gubernatori Greg Ebbot chegara devorlari oldida o‘tkazilgan matbuot anjumanida e’lon qildi. Shtat rahbari chegara operativ bazasi deb atagan harbiy bino 33 gektarga yaqin maydonda barpo etiladi.

Ebbotga ko‘ra, Texas Milliy gvardiyasi uchun qurilayotgan ushbu bino Jo Bayden sabab yuzaga kelgan chegara inqiroziga qarshi kurashish uchun xizmat qiladi. «Igl-Passdagi 80 akr maydonda barpo etiladigan operativ baza Bayden ma’muriyati vaqtida yuzaga kelgan va kuchayib borayotgan noqonuniy migratsiyaga qarshi kurash doirasida chegara xavfsizligini oshirishga yordam beradi», deyiladi Texas gubernatori ma’muriyati bayonotida.
Matbuot anjumanida yangi qurilajak harbiy bazaga Texas Milliy gvardiyasining 1800 nafar harbiysi joylashtirilishi, ehtiyoj tug‘ilganda esa qo‘shimcha 500 harbiyni joylashtirish imkoni ham borligi aytildi. Ebbot bunday yirik baza qurilishiga sabablar haqida gapirar ekan, harbiylar chegaradagi operatsiyalar uchun uzoq masofani bosib o‘tishga majbur bo‘layotganini aytdi.

Shuningdek, yangi bazada Milliy gvardiya zobitlari yanada yaxshiroq hayot tarzida yashashi mumkin bo‘lishini qo‘shimcha qildi. U yerda birdaniga 700 kishi ovqatlanishi mumkin bo‘lgan oshxona, kir yuvish xonasi, dam olish maskani, Wi-Fi, tibbiy va psixologik xona bo‘ladi.
«Prezident Bayden yaratgan chegara inqiroziga qarshi Texas Milliy gvardiyasining mard erkak va ayollarisiz kurasha olmagan bo‘lardik», dedi matbuot anjumanida chiqish qilgan Greg Ebbot.
Hozirda 3 ming nafar Texas harbiylari noqonuniy migratsiyaga qarshi kurash uchun Meksika bilan chegara yaqiniga joylashtirilgan.
Chegara mojarosi: Texas AQShga qarshi
Jo Bayden AQSh prezidentligiga kelgach, chegara nazorati sezilarli darajada yumshatildi. Oqibatda mamlakatga dunyoning to‘rt tomonidan noqonuniy migrantlar oqib kela boshladi. Har kuni minglab noqonuniy migrantlar AQSh chegaralarini buzib mamlakatga kira boshladi. Ayniqsa, Meksika bilan chegaradagi Texas shtatida jiddiy muammolar kuzatildi.

Shtat rahbariyati va xususan respublikachi gubernator Greg Ebbot mamlakat prezidenti demokrat Jo Baydenning migratsiya siyosatidan keskin norozi bo‘ldi.
2015 yildan buyon Texas gubernatori bo‘lib kelayotgan Ebbot 2021 yil Texas harbiylari va Milliy gvardiya zobitlarini noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish doirasidagigi operatsiyaga yo‘naltirdi. Bu operatsiya AQSh hukumati bilan kelishmay amalga oshirilgandi. Oqibatda AQSh federal rahbariyati va Texas shtati o‘rtasida munosabat taranglashdi.

Keyinchalik ikki davlat chegarasidagi Rio-Grande daryosidan Ebbot buyrug‘i bilan simto‘r tortildi. Oqibatda chegarani noqonuniy kesib o‘tayotgan migrantlar orasida o‘lim holatlari kuzatilgan. Xususan, homilador ayol aynan shu simto‘rlarga o‘ralashib o‘lgani haqida xabarlar chiqqandi. Sud qarori bilan bu simto‘rlarni olib tashlash buyurildi.

Ammo Texasda shtat qonunlari ishlashini aytgan Ebbot federal rahbariyat buyruqlarini bajarishdan bosh tortdi. U AQSh federal kuchlari Texas harbiylari bilan to‘qnashishi mumkinligidan ogohlantirdi.
Ushbu mojaroda asta-sekin boshqa shtatlar ham Texasni qo‘llay boshladi. Xususan, 26 shtat prokurorlari Bayden ma’muriyati bilan tortishuvda Texasni qo‘lladi.
Davlatlardan boyroq shtat
Ko‘pchilik Texas shtati AQSh federal rahbariyati bilan bu qadar qat’iyat bilan tortishishi sababi bilan qiziqishi tabiiy. AQSh tarkibida bo‘lgan shtat mustaqil tarzda bu qadar yirik iqtisodiy va harbiy loyihalarga bemalol qo‘l urishi ham bejizga emas. O‘tgan yil yakunlariga ko‘ra Texasning YaIM hajmi 1,5 trillion dollarni tashkil etgan. Bu borada shtat dunyodagi sanoqli davlatlardan ortda xolos.

Ha, agar Texas mustaqil davlat bo‘lsa, hozir dunyoning eng boy davlatlaridan biri bo‘lardi. Texas o‘z vaqtida mustaqil davlat bo‘lgan ham. 1836 yil Meksikadan ajralib mustaqil davlatga aylangan Texas 9 yil o‘tib AQSh tarkibiga kiradi. Texas Qo‘shma Shtatlar tarkibiga qabul qilingan yagona mustaqil davlat hisoblanadi. 30 milliondan ortiq odam yashaydigan Texasning Milliy gvardiya, Harbiy havo kuchlari va Ichki qo‘shinlardan iborat mustaqil armiyasi bor.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
Ukrainani tiklash: konferensiyada 10 mlrd yevro va’da qilindi
Jahon | 09:56
-
Malayziya O‘zbekistonda bioreaktor tizimiga birinchi zavodni qurishi mumkin
Iqtisodiyot | 09:37
-
Zelenskiy: AQShdan Ukrainaga qurol yetkazib berish qayta tiklandi
Jahon | 09:34
Mavzuga oid

09:34
Zelenskiy: AQShdan Ukrainaga qurol yetkazib berish qayta tiklandi

08:17
Tramp mis importiga 50 foizlik bojlar qachon joriy etilishini aytdi

02:32
AQSh Senati qo‘mitasi Ukrainaga 500 mln dollarlik yordam ajratishni ma’qulladi

19:55 / 11.07.2025