Amudaryoda ponton ko‘prikning bir qismi quladi

O‘zbekiston 19:01 / 24.02.2024 9525

Qoraqalpog‘iston Respublikasida Amudaryo ustiga o‘rnatilgan ponton ko‘prikning bir qismi qulab tushdi. Shu haqdagi videolavha ijtimoiy tarmoqda tarqaldi.

Amudaryo tumani hokimligi xabariga ko‘ra, tasvirlar Jumurtov ponton ko‘prigi haqida bo‘lib, daryoda katta muz harsanglar yig‘ilishi oqibatida ko‘prikning bir qismi yaroqsiz holga kelib qolgan.

Ko‘prikda ta’mirlash ishlari bajarilib, yaroqli holga keltirilgan va ishga tushirilgani ta’kidlanmoqda.

 

Ko‘proq yangiliklar: