Yonilg‘i sarfi yuqori bo‘lgan eski samolyotlar sotilib, zamonaviy va tejamkor havo kemalari olib kelinadi

O‘zbekiston 07:34 / 23.02.2024 7704

Prezident matbuot xizmati xabariga ko‘ra, sohada xarajatlarni 20 foizga qisqartirish choralari ko‘riladi. Yonilg‘i sarfi yuqori bo‘lgan eski samolyotlar sotilib, zamonaviy va tejamkor havo kemalari olib kelinadi. 72 ta yo‘nalish bo‘yicha optimal parvozlar marshrutini tanlash orqali yoqilg‘i sarfi sezilarli kamaytiriladi. Foydalanilmayotgan va daromad keltirmayotgan aktivlar sotuvga chiqariladi.

Mutasaddilarga xarajatlarni qisqartirish dasturini tasdiqlab, xizmatlar raqobatdoshligini oshirish, xususiy sheriklik loyihalarini tezlashtirish bo‘yicha topshiriqlar berildi. Aeroportlarda qo‘shimcha xizmatlarni ko‘paytirish, Navoiy aeroportida samolyotlarga texnik xizmat ko‘rsatishni rivojlantirib, uning salohiyatini to‘liq ishga solish zarurligi ta’kidlandi.

Davlat aviakompaniyalariga xorijiy malakali mutaxassislarni jalb qilish, shuningdek, kadrlar tayyorlashni yaxshilash masalalari ham aytib o‘tildi.

Ko‘proq yangiliklar: