Yirik shaharlarda eski mashinalarning harakati bosqichma-bosqich cheklanadi

O‘zbekiston 00:11 / 23.02.2024 54880

Prezident farmoni bilan, 2030 yilgacha yirik shaharlarda kamida “Yevro–5” standartiga muvofiq bo‘lmagan avtomashinalar ekspluatatsiyasi bosqichma-bosqich cheklanishi belgilandi. Yirik shaharlar deganda Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyatlar markazlari nazarda tutilgan.

Ushbu cheklovlarga ostiga “Yevro-5” va undan yuqori standartdagi yoqilg‘ida  ishlay olmaydigan eskirgan mashinalar tushadi. Bunga nafaqat sobiq ittifoq davrida ishlab chiqarilgan, jumladan, mustaqillik yillarida o‘zimizda ishlab chiqarilgan “Tiko”, “Matiz”, “Damas”, “Nexia-1”, “Nexia-2” avtomashinalari ham tushishi mumkin.

Shuningdek,  Toshkent shahrida yuk tashish uchun mo‘ljallangan, ruxsat etilgan to‘la vazni 10 tonnadan yuqori bo‘lgan N2, N3, O4 toifaga kiruvchi avtotransport vositalarining harakati 2024 yilning 1 martidan boshlab tig‘iz vaqt oraliqlarida taqiqlanadi. Cheklovlar maxsus xizmat, shu jumladan, kommunal xo‘jaligi, obodonlashtirish va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining yuk transporti vositalariga tatbiq etilmaydi;

Ko‘proq yangiliklar: