Toshkentda avtomobillar harakatini qisqartirishga qaratilgan loyiha o‘tkaziladi 

O‘zbekiston 08:21 / 23.02.2024 5428

Toshkentda har oyning bir ish kunida avtomobillar harakatini qisqartirishga qaratilgan «Avtomobilsiz kun» jamoat loyihasi o‘tkaziladi.

Avtotransport vositalari chiqindi gazlarining atrof-muhitga salbiy ta’sirini kamaytirish maqsadida keng jamoatchilik vakillari va ekologik faollarning ushbu taklifi 21 fevraldagi farmon bilan tasdiqlandi.

Cheklov jamoat transporti, shuningdek, maxsus va shoshilinch yordam xizmatlari avtomobillariga taalluqli bo‘lmaydi.

Binolari Toshkent shahrida joylashgan barcha respublika va hududiy ijro etuvchi hokimiyat organlarining rahbar va boshqa xodimlariga jamoat transportida ish joyiga kelish orqali shaxsiy namuna ko‘rsatib borish topshirildi.

Ko‘proq yangiliklar: