Rabotine atrofidagi pozitsiyalar va raketa tashuvchida uchgan Putin. Urush suratlari

Jahon 15:53 / 23.02.2024 17981

Ukrainadagi urushning 729-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Ukrainadagi telegram-kanallarda mamlakat qurolli kuchlari Xerson oblastining okkupatsiya ostidagi qismida joylashgan Podo-Kalinovka qishlog‘i yaqinida to‘plangan rus harbiylari ustiga zarbalar yo‘llagani aks etgan video tarqaldi. Ukraina qurolli kuchlari zarba berilganini tasdiqlagan. RF mudofaa vazirligi poligonga hujum haqidagi xabarlarni izohlamagan.
  • «Vajniye istorii» Donetsk oblasti Volnovaxa shahri yaqinidagi poligonda saf tortib turgan vaqtda zarbaga uchrab halok bo‘lgan 68 nafar harbiyning shaxsini tasdiqladi. Keyinroq Baykalorti o‘lkasidagi Borzinskiy rayoni rahbari Roman Gridin to‘rt harbiy o‘limi haqida xabar berdi.
  • Anneksiya qilingan Qrimda Ukrainaning «Ґrati» nashri jurnalisti Lutfiya Zudiyevaga «OAV erkinligini suiiste’mol qilish» moddasi bo‘yicha ikkita protokol tuzildi.
  • Volodimir Zelenskiy Oliy radaga muddatli xizmatga chaqirilganlarni demobilizatsiya qilish to‘g‘risidagi qonun loyihasini kiritdi. Hujjatda muddatli xizmatga chaqirilganlarga qachon javob berilishi aytilmagan, ammo bu prezident farmoni bilan bo‘lishi aytilgan. Rada 23 fevral kuni qonunni tasdiqlaydi.
  • Bundestag Ukrainaga «uzoq masofaga harakatlanuvchi qurollar»ni yetkazib berish to‘g‘risidagi rezolyutsiyani qabul qildi. Nemis nashrlari «uzoq masofaga harakatlanuvchi qurollar» formulirovkasi Ukrainaga Taurus raketalarini yetkazib berishni nazarda tutishi haqida yozmoqda, Kiyev bunday raketalarni anchadan buyon so‘rab kelmoqda.

Kun kadri. Kramatorsk o‘qqa tutilishi qurbonlariga yodgorlik

Kramatorsk bo‘ylab 17 fevral kuni berilgan raketa zarbasi qurbonlari uchun o‘rnatilgan yodgorlik. Memorialda — 74 yoshli Valentina Leonicheva, 46 yoshli Lyudmila Kravchenko va uning o‘g‘li, 23 yoshli Sergiy Kravchenkoning fotosuratlari aks etgan
Anatolii Stepanov / AFP / Scanpix / LETA

Ukrainlarning ozod etilgan Rabotinedagi pozitsiyalari 

Ukraina QK 65-mexanizatsiyalashgan brigadasi jangchisi Zaporijjya oblasti Rabotine posyolkasida vayron bo‘lgan uyni ko‘zdan kechirmoqda, ukrain qo‘shini bu yerni 2023 yil avgust oyi oxirida ozod etgandi. Hozirda Rossiya armiyasi qishloqqa yana hujum qilmoqda.
Reuters / Scanpix / LETA
Rabotine yaqinida halok bo‘lgan rossiyalik askar jasadi qoldiqlari
Dmytro Smolienko / Ukrinform / ABACAPRESS / Scanpix / LETA
Ukraina QK 65-mexanizatsiyalashgan brigadasi harbiysi Rabotine yaqinidagi okopda
Reuters / Scanpix / LETA
Rabotine atrofidagi yo‘lda yakson etilgan harbiy texnika
Dmytro Smolienko / Ukrinform / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA

Orixivda insonparvarlik yordami tarqatilishi

Zaporijjya oblastida front yaqinidagi Orixiv shahri aholisi gumanitar yordam qabul qilmoqda. Oblast harbiy ma’muriyatiga ko‘ra, Orixivdagi binolarning 95 foizi vayron bo‘lgan yoki qisman shikastlangan. Ukraina qurolli kuchlari tasdiqlashicha, Rossiya qo‘shini Orixiv yo‘nalishida kuch to‘plamoqda va shaharga hujum qilishga tayyorlanmoqda.
Andriy Andriyenko / SOPA Images / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA
Andriy Andriyenko / SOPA Images / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA
Andriy Andriyenko / SOPA Images / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA

Putin tovushdan tez uchadigan Tu-160M samolyotida parvoz qildi

Vladimir Putin sinov parvozidan oldin Tu-160M strategik raketa tashuvchi samolyoti bortiga chiqdi. RF prezidenti 22 fevral kuni Sergey Gorbunov nomidagi Qozon aviatsiya zavodiga tashrif buyurgan, yangi samolyot shu yerda loyihalashtirilgan. Putinning raketa tashuvchidagi parvozi 30 daqiqa davom etgan. Shundan keyin Putin samolyotni «qurolli kuchlarga qabul qilish mumkinligi»ni aytgan.
Dmitriy Azarov / Kreml matbuot xizmati / Sputnik / EPA / Scanpix / LETA
Tu-160M ikkita uchirish moslamasida uzoq masofaga harakatlanuvchi 12 ta qanotli raketa olib yurishi mumkin, uning maksimal yuk ko‘tarish og‘irligi 45 tonnani tashkil etadi. Tu-160 (NATO klassifikatsiyasiga ko‘ra Blackjack) — o‘zgaruvchan nayzasimon qanotga ega bo‘lgan tovushdan tez uchuvchi strategik bombardimonchi harbiy samolyotlarning eng kattasidir. Uning vazni — 300 tonna atrofida. Tu-160M — 1970-yillarda ishlab chiqilgan samolyotning takomillashtirilgan versiyasidir.
Dmitriy Azarov / Kreml matbuot xizmati / Sputnik / EPA / Scanpix / LETA
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov parvoz yo‘nalishi oshkor etilmasligi, chunki bu «harbiy sir» ekanini aytgan. 
Ko‘proq yangiliklar: