Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada to‘y kuni qochib ketgan «kuyov» olti yilga qamaldi
U oilali bo‘lsa-da, «kelinni» aldab, pullari va mulkini firib yo‘li bilan o‘zlashtirib olgani aniqlandi.

Sun’iy intellekt chizgan surat
Jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona viloyati, Quva tumani sudi K.Shuhratovni (ismi-sharifi o‘zgartirilgan) 6 yilga ozodlikdan mahrum qildi.
Qayd qilinishicha, marg‘ilonlik D.Safarova (ismi-sharifi o‘zgartirilgan) televizorda Hop-Shop TV reklamasini ko‘rib qoladi. So‘ngra onasiga sovg‘a sotib olmoqchi bo‘lib, ushbu kanalga qo‘ng‘iroq qiladi va texnika jihoziga buyurtma beradi.
Oradan bir necha kun o‘tib, D.Safarovaga notanish raqamdan qo‘ng‘iroq bo‘ladi. Notanish yigit (K.Shuhratov) o‘zini Hop-Shop TV kanalida ishlashini, uning buyurtmasi bo‘yicha ayrim masalalarni aniqlab olishi kerakligini aytib, suhbat boshlaydi.
Yigit suhbat davomida D.Safarovaning o‘qishni tamomlab, ishlayotgani, turmushga chiqmagani, oilasi va boshqa ma’lumotlarini batafsil so‘rab oladi. Shundan so‘ng, K.Shuhratov Toshkentdan Marg‘ilonga boradi.
D.Safarova uni izlab kelgan K.Shuhratovni ko‘rgach, go‘yoki «bir necha yildan buyon o‘zi kutgan insonni uchratgandek bo‘ladi». Yigitning barcha talablarini hech shubhalanmay bajaradi. Jumladan, K.Shuhratov unga uylanish maqsadida «uyini ta’mirlash uchun» pul so‘raganda, to‘plab yurgan barcha pullarini beradi. Yigit uni deb tayyor ishini tashlab kelganini aytadi, kelgusida taksichi bo‘lib ishlashi uchun mashina sotib olishga yordam so‘raganda, hech ikkilanmay ota-onasidan pul olib beradi.
K.Shuhratov barcha talablari D.Safarova tomonidan bajarilayotganini ko‘rib, navbatdagi hiylasini boshlaydi. Qizda pul qolmagach, uning nomiga do‘konlardan va tijorat banklaridan kredit hamda turli tovarlar olib berishni iltimos qiladi. D.Safarova bu talabni ham bajaradi.
K.Shuhratov qizni aldab, to‘ygacha nikoh o‘qitib, birga yashashga ko‘ndiradi. Qiz nikoh o‘qitib, unga o‘z uyidan joy beradi. K.Shuhratov yeb-ichishdan tortib, ust-boshigacha bo‘lgan xarajatni D.Safarova va uning yaqinlari zimmasiga yuklab qo‘yadi.
D.Safarovaning ota-onasi va aka-ukalari «kuyovdan» to‘y qilishni, nikohni el-yurtga oshkor qilishni so‘ray boshlaydi. Shundan so‘ng, K.Shuhratov Farg‘ona shahridagi to‘yxonada dabdabali to‘y qilishiga D.Safarova va uning yaqinlarini ishontirib, to‘y kunini belgilaydi. Hatto taklifnomalarni D.Safarovaning yaqinlariga tarqatib, hammani to‘yga taklif etadi.
Shundan so‘ng, K.Shuhratov kelin va uning yaqinlarini to‘plab, ularga hashamatli to‘yxonada katta to‘y qilish uchun ancha qarz bo‘lib qolganini, o‘ziga yana biroz yordam kerakligini aytib, ularni ishontiradi. To‘y kuni barchaning to‘yona pullarini yig‘ishtirib olib, Toshkent viloyatiga qochib ketadi.
Qayd qilinishicha, K.Shuhratovga Jinoyat Kodeksining tegishli bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilgan. Aniqlanishicha, K.Shuhratov oilali, ikki nafar farzandi bor ekan. Ularga ishlab, pul topib kelishini aytib, uyidan chiqib ketgan.
Sudda K.Shuhratov zararlarni qoplash o‘rniga, jabrlanuvchi D.Safarovani yana aldashga urinadi, oilasidan ajrashib, unga uylanishini aytib, faqat zararlar qoplangani haqida ariza yozib, uni qamoqdan qutqarib qolishni iltimos qildi. Ammo, bu safar D.Safarova rozi bo‘lmaydi.
Sud hukmi bilan firibgar K.Shuhratovga 6 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.
Tavsiya etamiz
O‘zbekiston fuqarolari uchun Kanada, Argentina va Avstraliya vizasini olish osonlashishi mumkin
O‘zbekiston | 19:46 / 07.07.2025
Fermerlar yana sinov qarshisida: moratoriylar nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 16:39 / 07.07.2025
2025 yilgi iyun ekstremal quruq oy bo‘ldi – O‘zgidromet
O‘zbekiston | 15:03 / 07.07.2025
O‘zbekiston BRIKSning hamkor davlatiga aylandi
O‘zbekiston | 11:41 / 07.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Klichko Germaniya kanslerini Ukrainaga TAURUS raketalarini berishga chaqirdi
Jahon | 09:14
-
AQSh savdo urushining yangi bosqichi: Tramp - Yaponiya, Koreya va Qozog‘istonga 25% boj soldi
Jahon | 09:05
-
O‘zbekiston va Pokiston o‘zaro savdo hajmini 2 mlrd dollarga yetkazmoqchi
Iqtisodiyot | 08:22
-
Tehronda AQSh manfaatlarini ifodalovchi Shveytsariya dipmissiyasi qayta ochildi
Jahon | 08:03
Mavzuga oid

07:01 / 07.07.2025
Toshkentda odamlardan intervyu olish bahonasida pul yig‘ib kelgan shaxslar ushlandi

15:26 / 06.07.2025
Farg‘ona viloyati YHXB boshlig‘i ishdan olindi

09:20 / 06.07.2025
Farg‘onadagi “ot o‘yinlar”, o‘g‘irlangan bankir va poraxo‘r sudya - hafta dayjesti

23:53 / 04.07.2025