Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Braziliyada Sergey Lavrovning samolyotiga yonilg‘i quyishdan bosh tortishdi
Rossiya tashqi ishlar vaziri Braziliya prezidenti bilan uchrashish uchun Rio-de-Janeyrodagi G20 sammitidan uchib ketishi kerak edi. Braziliya operatori AQSh sanksiyalari ostida qolishidan qo‘rqib, Lavrov samolyotiga yonilg‘i quyishdan bosh tortdi.

Foto: RIA Novosti
Braziliya AQShning ikkilamchi sanksiyalariga tushib qolish xavfi tufayli Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov samolyotiga yonilg‘i quyishdan bosh tortdi, deb xabar berdi Aero Telegraph portali 22 fevral, payshanba kuni.
Resursga ko‘ra, Lavrov Rio-de-Janeyrodagi G20 sammitidan Braziliya prezidenti Lula da Silva bilan uchrashuvga Il-96 hukumat samolyotida uchishi kerak edi. Lavrov samolyotiga yonilg‘i quyishdan bosh tortilgach, Braziliya tomoni Rossiya vaziriga Braziliya tashqi ishlar vaziri Mauro Vieyra samolyotida «yo‘ldosh» sifatida Lula bilan uchrashuvga uchishni taklif qildi.
Aero Telegraph ta’kidlaganidek, tomonlar shunga qaramay, Sergey Lavrov da Silva bilan suhbatdan so‘ng Rossiya hukumati Il-96 samolyotini boshqa joyda yonilg‘i bilan to‘ldirishga kelishib oldi.
Lavrovning samolyotiga baribir yonilg‘i quyildi
Keyinroq Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova vazirning samolyoti parvozga tayyorligini, yonilg‘i bilan to‘ldirilganligini aytdi. «Samolyotga yonilg‘i quyildi, Braziliya tomoni logistika bilan ta’minladi», — deya uning so‘zlaridan iqtibos keltiradi TASS agentligi.
Lavrovning o‘zi jurnalistlarga hozirgi vaziyatni shunday izohladi: «Braziliyada G‘arb korporatsiyalariga tegishli bo‘lmagan samolyotlarga yonilg‘i quyadigan kompaniyalar deyarli yo‘q». Shu bilan birga, Braziliya tomoni «bu masalani hal qilish uchun hamma narsani qildi», dedi vazir.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ikkinchi mutaxassislikka qabul boshlandi
O‘zbekiston | 23:51 / 10.07.2025
-
Toshkentda suv quvuri kuchli bosim ostida yorilib ketdi, o‘zbekistonliklar tomonidan Shengen vizasi uchun topshirilgan arizalar soni oshdi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:48 / 10.07.2025
-
Zelenskiy Ukrainaning AQShdagi elchisini almashtirmoqchi ekanini tasdiqladi
Jahon | 23:42 / 10.07.2025
-
Rossiyalik fermerlar hosilni yig‘ish uchun migrantlar yetishmayotganidan shikoyat qildi
Jahon | 23:17 / 10.07.2025
Mavzuga oid

18:20 / 10.07.2025
Rubio Lavrov bilan uchrashdi va Moskvaning urushni tugatish bo‘yicha «yangicha yondashuvi» haqida aytdi

21:20 / 07.07.2025
Sergey Lavrov Ukrainadagi urushni tugatish uchun ikkita asosiy shartni aytdi

14:41 / 07.07.2025
BRICS davlatlari Trampning bojlarini tanqid qildi

11:41 / 07.07.2025