BMT: Ukrainada 10 mingdan ortiq tinch aholi halok bo‘ldi

Jahon 10:21 / 23.02.2024 3844

22 fevral, payshanba kuni Jyenevada taqdim etilgan BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashi hisobotiga ko‘ra, Ukrainada ikki yildan ortiq davom etgan Rossiya qurolli hujumi natijasida 10 mingdan ortiq tinch aholi halok bo‘ldi va 20 mingga yaqin kishi yaralandi. Hujjatda qayd etilishicha, Ukrainada tinch aholi orasida qurbonlarning haqiqiy soni ancha ko‘p bo‘lishi mumkin va urush oqibatlari ko‘p avlodlar uchun seziladi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Ukrainadagi Inson huquqlari kuzatuvchilari missiyasi tomonidan hujjatlashtirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiya harakatlari natijasida kamida 10 582 tinch aholi halok bo‘lgan va yana 19 875 kishi yaralangan. Halok bo‘lganlar orasida 587 nafar bola bor. Ushbu tinch aholining deyarli 4300 nafari yoki 40 foizi 2022 yilning mart oyida, Rossiya hujumidan keyingi dastlabki haftalarda vafot etgan. 

Qurbonlarning aksariyati - Ukraina sharqida 

Tinch aholi orasida qurbonlarning aksariyati uzoq masofali portlovchi qurollar tufayli halok bo‘lgan. Ayniqsa, Ukrainaning sharqiy viloyatlarida juda ko‘p tinch aholi hayotdan ko‘z yumdi, bu yerda 59 ta tibbiyot va 236 ta ta’lim muassasasi vayron bo‘ldi, yana yuzlab muassasalar zarar ko‘rdi. 

BMTning boshqa manbalariga ko‘ra, Ukraina aholisi deyarli 40 foizi, ya’ni 14,6 million kishi gumanitar yordamga bog‘langan, yana 2,2 million ukrainalik urushdan qo‘shni davlatlarga qochgan. BMT Ukrainadagi ichki ko‘chganlar sonini 3,5 million kishi deb hisoblamoqda. 

Ko‘proq yangiliklar: